Laura R. Smit[1] (1988-yilda tugʻilgan),[2] avvalgi ismi Laura R. Ross,[3] — amerikalik ayol shaxmatchi. Lekin bugungi kunda oʻz shaxmat faoliyatini yakunlagan, maktab oʻqituvchisi sifatida dars beradi.

Laura Ross

Ross 2003-yilgi AQSh shaxmat chempionatida
Toʻliq ismi Laura R. Ross
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Tugʻilishi 1988 (yoshi 35–36)
Saravha Ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2129 (may 2013-yil)[4]
Yuqori reytingi 2179 (iyul 2006-yil)[4]

Shaxmatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Laura ayol FIDE ustasi unvoniga ega[2]. 2011-yil sentabr holatiga koʻra, uning FIDE reytingi 2142 edi Laura Smitt endilikda faol oʻyinchilar qatoriga kirmaydi, lekin u shaxmat oʻynashdan hamisha zavq oladi. Shu tufayli ham, Laura mustaqil ravishda shaxmat oʻynashdan maktab oʻquvchilari va kichik yoshdagi bolalarga dars beradi.

1998-yilda Laura Ross 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi jahon chempionatida sakkizinchi oʻrinni zabt etdi.

Ross Amerika Qoʻshma Shtatlari shaxmat federatsiyasi tomonidan eʼlon qilingan erkak va ayol shaxmat oʻyinchilarning „Eng yaxshi 100 oʻyinchi“ roʻyxatini boshlab bergan birinchi amerikalik ayol boʻldi. 2002-yil aprel oyida u AQShda eng yuqori natijalar bilan baholangan 13 yoshli erkak va ayol shaxmatchi sifatida etirof etildi[3].

Laura Binghamton universitetini muvaffaqiyatli tamomlagan. Bakalavr darajasiga erishgach, magistr diplomini ham olgan.

Kollejni tugatgandan soʻng, Laura "Maktablarda shaxmat " notijorat tashkilotida dars bera boshladi. U dars berishni shunchalik yaxshi koʻrardiki, hatto, bolalar taʼlimi boʻyicha magistrlik darajasini oldi. U hozir Bruklindagi 3-sinf oʻqituvchisi va maktabda shaxmat jamoasini tashkillashtirish hamda boshqarish bilan shugʻullanadi. Shuningdek, mazkur maktab shaxmat jamoasi aʼzolariga oʻzi ustozlik qiladi.

Professional aloqalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Professional yutuqlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukofotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „LAURA R SMITH“. uschess.org. United States Chess Federation. Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 „Ross, Laura R“. ratings.fide.com. FIDE. 2012-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2004-yil.
  3. 3,0 3,1 „Top 100 13 Year olds, April 2002“. uschess.org. United States Chess Federation. — „Ross, Laura R“. 2002-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2005-yil.
  4. 4,0 4,1 „Rating Progress Chart: Ross, Laura“. ratings.fide.com. FIDE. Qaraldi: 7-dekabr 2021-yil.