Muallif(lar) | Erkin Vohidov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | sheʼrlar va sheʼriy drama |
Nashr etilgan sanasi | 2016 |
Nashriyot | „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati |
Sahifalar soni | 346 |
ISBN | ISBN 978-9943-26-196-9 |
Avvalgisi | „Yoz harorati“ |
Keyingisi | „Qish halovati“ |
„Kuz saxovati“, toʻliq nomi „Saylanma. Kuz saxovati. 3-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Bahor tarovati“, „Yoz harorati“, „Qish halovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning uchinchi jildi. 2016-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, uchinchi jild kuz fasli va oʻrta yoshdagi umrga bagʻishlangan[1].
Toʻplamga Matmusa obrazi haqidagi „Donishqishloq latifalari“ turkumidagi hazil sheʼrlar, shoirning boshqa hajviy sheʼrlari hamda „Istanbul fojiasi“ sheʼriy dramasi kiritilgan.