Ksilografiya (ksilo... va ...grafiya), yogʻoch gravyura — yogʻochga ishlangan gravyuraning keng tarqalgan eng qadimiy turi. Bosma shakl (klishe) qoʻlda oʻyib tayyorlanadi: taxtaning tekis yuzasiga rasm chiziladi, rasmdan boʻsh joylar(zamin)i iskana bilan oʻyib rasmli sathdan (2–3 mm) chuqurlashtiriladi. Boʻrtma tasvir yuzasiga boʻyoq surtib nusxa koʻchiriladi. Ksilografiya usulida tayyorlangan qolip 15 ming nusxa koʻchirishga yetadi.
Ksilografiyaning 2 turi mavjud:
Ksilografiya dastlab Xitoyda (6-asr), 14-asrdan Gʻarbiy Yevropada, 16-asrdan Rossiyada qoʻllanila boshlagan. Rangli ksilografiya ham Xitoyda 16-asrda paydo boʻlgan, ayniqsa, Yaponiyada uzoq va yorqin taraqqiy etgan, yapon rassomlari (Katsusiko Xokusay va boshqalar) rangli ksilografiyada ulkan yutuqlarga erishdilar. Ingliz rassomi T. Byuik tomonidan koʻndalang ksilografiya ixtiro qilingach (1771), Yevropada bu usulda illyustratsiyalar ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyildi. Ksilografiya taraqqiyotiga U. Nikolson (Buyuk Britaniya), F. Valloton (Shveysariya), E. Munk (Norvegiya), A. Ostroumova-Lebedeva (Rossiya) va boshqalar katta hissa qoʻshdilar. Oʻzbekistonlik rassomlar (Medat Kagarov, I. Kiriakidi va boshqalar) ksilografiyausulida 70-yillardan ijod qiladi.[1]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |