Kompyuterli animatsiyaga misol.

Kompyuterli animatsiya[1] – kompyuter yordamida yaratiladigan multiplikatsiya turi. CGI-grafika bilan kompyuterli animatsiya oʻrtasidagi farq shuki, CGI-grafika deganda ham harakatsiz, ham harakatlanuvchi tasvirlar tushunilsa, kompyuterli animatsiya deganda faqat harakatlanuvchi tasvirlar tushuniladi. Kompyuterlar 1980-yillardan beri multiplikatsiya sohasida keng qoʻllanila boshlagan boʻlsa-da, „kompyuterli animatsiya“ atamasi bugungi kunda aynan uch oʻlchamli CGI-animatsiyani bildiradi. Kompyuter yordamida yaratiladigan ikki oʻlchamli rasmli multiplikatsiyaga nisbatan odatda „Flash-animatsiya“, „GIF-animatsiya“ atamalari ishlatiladi.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Informatika va axborot texnologiyalari: 6-sinf uchun darslik. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi taʼlim markazi, 2021 — 40-bet. Qaraldi: 5-fevral 2024-yil. 

Yana qarang

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]