Bu maqolada ichki havolalar juda kam. Matnga aloqador ichki havolalar qoʻshib yordam qiling.

Kolxida pasttekisligi - Gruziyadagi pasttekislik. Gʻarbiy Zakavkazyeda, gʻarbda Qora dengiz sohili, shim.-sharqda Katta Kavkaz va jan. da Kichik Kavkaz togʻlari oraligʻida. Dengiz sohili boʻylab Suxumi shahridan Kobuleti shahrigacha choʻzilgan. Kolxida pasttekisligi — allyuvial tekislik; antropogen allyuviysining qalinligi 700 m gacha. Neft-gaz konlari, mineral buloqlar (Sxaltubo) bor. Iqlimi nam subtropik. Yil boʻyi yogʻin yogʻadi (yillik yogʻin 1500 mm). Yanv.ning oʻrtacha temperaturasi 4,5 dan 6° gacha, avgustniki 23—24°. Kolxida pasttekisligini Rioni, Inguri va boshqa daryolar kesib oʻtadi. Dengiz boʻyidagi Poti shahri yaqinida Paleostomi koʻli bor. Kolxida pasttekisligining gʻarbida botqoqlik landshaftlari mavjud. Botqoqliklarda qandagʻoch oʻrmonlari katta maydonni egallaydi. Balandroq chekka qismlari dub, qora qayin, doim yashil buta va chirmovuklar bilan qoplangan. Kolxida pasttekisligida gʻalla ekinlari (asosan, makkajoʻxori) ekiladi; bog va subtropik mevazorlar bor.[1]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.




Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024)