Kishm — Toharistonning qad. shaharlaridan biri. Badaxshontgi Koʻkcha daryosining irmogʻi Mashhad daryo boʻyida joylashgan. K. tarixiy manbalarda ilk oʻrta asrdan boshlab (6—7-asrlar) uchraydi. 8-asrda bu yerda Toharistonning turkiylardan boʻlgan bosh hukmdori — jabgʻusi Qutluq tardu (boshqa manbalarga koʻra, Xumorbek) yashagan; u, shuningdek, "eftalitlar shoqi" unvoniga ham ega boʻlgan. Somoniylar davrida (9—10-asrlar) K. da bir yoʻla 3 zarbxona boʻlib, u temuriylar davrida ham mavjud boʻlgan. B. Ahmedovnish fikricha, K. moʻgʻullar tomonidan bosib olinmagan, shahar 14-asrning 1-yarmigacha mustaqilligini saqlab qolgan. U katta bir viloyatning markazi boʻlgan. Marko Yaoyaoning maʼlumotiga koʻra, 14-asrda K.ning oʻz hokimi boʻlib, oʻnga togʻdagi bir qancha shahar va qishloqlar boʻysoʻngan. Shahar oʻrtasidan katta daryo oqib oʻtgan. K. atrofidagi aholi togʻlarda chorvachilik bilan shugʻullangan. 14-asr oxirida Amir Temur Badaxshonni egallaganda K. uning poytaxti boʻlib, Badaxshon shohi shu yerda yashagan. Temuriylar davrida K. rasman Samarqand, soʻng Hirotga qaram boʻlsada, amalda uni mahalliy sulola vakillari — Ba-daxshon shoxlari — Shoh Bahouddin, Shoh Mahmud va ularning avlodlari boshqargan. 1469 — 1505-yilda K.ni Xusravshoh idora etgan, soʻngra uni Shayboniylar qisqa muddatga egʻallashgan. K. Boburnknt ukasi Nosir mirzo qoʻliga oʻtgan; temuriylarning Badaxshondagi hukmronligi 1584-yilgacha, yaʼni uni Abdullaxon II egʻallaguncha davom etgan. 16—17-asrlarda — K. Badaxshon poytaxti. Ashtarxoniylaraan Nodir Muhammadxon davrida K. Abdulaziz sulton, soʻngra Xusrav sulton mulki boʻlgan. Hozirgi K. shahri Toliqon va Qunduzdan sharqda joylashgan alohida viloyatning maʼmuriy markazi hisoblanadi.

Adabiyot

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil