Masjid | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Fotih tumani |
Koordinatalar | 41°01′52″N 28°56′21″E / 41.03122°N 28.93903°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | cherkov |
Meʼmoriy uslub | Vizantiya meʼmorchiligi; Usmonli meʼmorchiligi; Islom meʼmorchiligi |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Holati | amaldagi |
Kariye masjidi Vikiomborda |
Xora cherkovi yoki Kariye masjidi (turkcha: Kariye Camii) – Turkiyaning Istanbul shahri Edirnekapi mahallasida XVI asrdan buyon, asosan, masjid sifatida foydalanilgan oʻrta asr yunon pravoslav cherkovi binosi[1]. Masjid, asosan, oʻzining Vizantiya imperiyasi soʻnggi hukmronlik davri meʼmorchilik uslubida ishlangan mozaikalari va fresklari (devorga ishlangan rasm) bilan mashhur.
Xora cherkovi Vizantiya meʼmorchilik sanʼatining yorqin namunalaridan biri hisoblanadi. XVI asrda Usmonlilar imperiyasi davrida cherkov masjidga aylantirilgan. 1945-yilda muzeyga, 2020-yilda esa Prezident Recep Tayyip Erdoğan tomonidan masjidga aylantirilgan[2][3]. Binoning ichki qismi Usmonlilar davrida musulmonlarning namoz oʻqishlari paytida koʻzga tashlanmaydigan Vizantiya nasroniy mozaikalari va fresklari bilan qoplangan[4]. Bino dunyoviylashtirilib, muzeyga aylantirilgach, mozaika va fresklar ham qayta tiklangan.
Xora masjidi Istanbul shahri, Fotih tumanining gʻarbiy qismida joylashgan.
Xora cherkovi dastlab IV asr boshlarida Oltin shox janubida Konstantin I tomonidan Konstantinopolning shahar devorlari tashqarisida monastir majmuasining bir qismi sifatida qurilgan. Biroq Theodosius II 413–414-yillarda quruqlikda devorlar qurdirgan vaqtda, cherkov shahar mudofaasiga qoʻshilgan, ammo Xora nomini saqlab qolingan.
Binoga ishlatilgan qurilish materiallarining aksariyati 1077–1081-yillarga toʻgʻri keladi, Alexius I Comnenusning qaynonasi Maria Doukaina Xora cherkovini xoch yoki kvinkunx shaklida qayta tiklagan boʻlib, bunday qurilish uslubi oʻsha davrda juda mashhur meʼmoriy uslub hisoblangan. XII asrning boshlarida cherkov qisman qulab tushgan, bunga oʻsha vaqtda sodir boʻlgan zilzila sabab boʻlishi mumkin.
Xora cherkovi Alexiusning uchinchi oʻgʻli Isaac Comnenus tomonidan qayta qurilgan. Biroq qurilishning uchinchi bosqichidan keyingina, yaʼni oradan ikki asr vaqt oʻtib, cherkov hozirgi koʻrinishida qurib birkazilgan. Vizantiyaning kuchli davlat arboblaridan biri Theodore Metochites cherkovga koʻplab ajoyib mozaika va fresklar bilan ishlov berdirgan. Theodore tomonidan 1315–1321-yillarda cherkov interyeriga nozik bezaklar ishlangan. Mozaika tasvirlari Paleolog Uygʻonish davrining eng yaxshi namunalari hisoblanadi, biroq ularning mualliflari hanuzgacha nomaʼlum boʻlib kelmoqda. 1328-yilda Theodore oʻz qoʻl ostidagi Andronicus III Palaeologus tomonidan surgunga joʻnatilgan. Biroq ikki yil oʻtib, unga shaharga qaytishga ruxsat berilgan va umrining soʻnggi ikki yilini Xora cherkovida rohib sifatida oʻtkazgan.
1453-yilda Konstantinopolning soʻnggi qamalida, Usmonlilar hujumidan omon saqlash maqsadida aholini himoya qilishga kirishgan Theotokos Hodegetrianing ikonasi Xoraga olib kelingan[5].
Shahar Usmonlilar imperiyasi qoʻliga oʻtganidan taxminan ellik yil oʻtgach, Sulton Boyazid II ning sodiq navkarlaridan hisoblangan Hadim Ali Posho Xora cherkovini Kariye masjidiga (turkcha: Kariye Camii) aylantirishni buyurgan. „Kariye“ soʻzi yunoncha „Xora“ nomidan olingan[6]. Islom diniga koʻra masjidlarda ramziy tasvirlardan foydalanish taqiqlanganligi sababli, mozaika va fresklar gips qatlami bilan qoplagan.
Mintaqada tez-tez sodir boʻladigan zilzilalar sanʼat asarining tashqi va ichki koʻrinishiga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmagan.
1945-yilda bino Turkiya hukumati tomonidan muzeyga aylantirilgan[7]. 1948-yilda Amerikaning Vizantiya instituti va Dumbarton Oaks Vizantiya tadqiqotlari markazidan tashrif buyurgan amerikalik olimlar Thomas Whittemore va Paul A. Underwood restavratsiya dasturiga homiylik qilgan. Oʻsha paytdan boshlab bino masjid sifatida faoliyat koʻrsatishni toʻxtatgan. 1958-yilda muzey Kariye Müzesi sifatida qayta ochilgan.
2005-yilda doimiy fondlar, tarixiy ashyolar va atrof-muhitga xizmat koʻrsatish uyushmasi Xora cherkovining muzey sifatida faoliyat yuritishiga eʼtiroz bildirib sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan[8]. 2019-yil noyabr oyida Turkiya Davlat kengashi, Turkiya oliy maʼmuriy sudi uni masjidga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan[9]. 2020-yil avgust oyida esa Xora cherkovi maqomi masjidga oʻzgartirilgan[10].
Xora cherkovini masjidga aylantirish harakati Gretsiya Tashqi ishlar vazirligi hamda yunon pravoslav va protestant xristianlari tomonidan qoralangan[11]. Bu esa Turkiya hukumati tomonidan keskin taniqdlarga sabab boʻlgan[12].
2020-yil 30-oktyabr juma kuni – 72 yildan keyin ilk bora masjidda musulmonlar namoz oʻqigan[13].
Xora masjidi Istanbuldagi boshqa Vizantiya cherkovlari kabi unchalik katta maydonni egallamaydi (742,5 m²), lekin deyarli butunlay saqlanib qolingan ichki bezaklari tufayli ular orasida ajralib turadi. Bino uchta asosiy hududga boʻlingan: kirish zali (narteks), cherkovning asosiy qismi – naos (minora) hamda yon cherkov (parekleziya). Binoda oltita gumbaz mavjud: ikkitasi ezonarteks ustida, biri parekleziya ustida va uchtasi naos ustida joylashgan.
Xora masjidining asosiy gʻarbiy eshigi narteksga ochiladi hamda tashqi (eksonarteks) va ichki (esonarteks) qismlarga boʻlinadi.
Eksonarteks (tashqi narteks) cherkovning ilk kirish qismidir. Eksonarteks eni 4 m va uzunligi 23 m boʻlgan koʻndalang yoʻlak hisoblanadi. Eksonarteksni bezab turgan mozaik tasvirlarga quyidagilar kiradi:
Esonarteks (ichki narteks) eksonarteksga oʻxshash boʻlib, unga parallel ravishda qurilgan. Eksonarteks kabi esonarteksning kengligi ham 4 m, lekin biroz qisqaroq, uzunligi 18 metrni tashkil qiladi. Uning markaziy sharqiy eshigi naosga ochiladi, esonarteksning janubiy qismidagi boshqa bir eshik esa parekkleziyaning toʻrtburchak shaklidagi old kamerasiga ochiladi. Uning shimoliy qismida esonarteksdan chiquvchi eshik naosning shimoliy tomoni boʻylab protezga oʻtadigan keng gʻarbiy-sharqiy koridorga olib boradi. Esonarteks ikkita gumbazga ega boʻlib, kichkina gumbaz shimoliy koridorning kirish qismi tepasida, kattaroq gumbaz esa naosga kirish qismi hamda parekkleziyaning oʻrtasida joylashgan.
Esonarteksda ham bir qancha mozaik tasvirlar mavjud:
Ichki narteksda joylashgan dastlabki uchta mozaikalar Bibi Maryam va ota-onasining hayoti haqida maʼlumot beradi. Ularning baʼzilariga quyidagilar kiradi:
Esonarteksning markaziy eshiklari cherkovning asosiy qismi – naosga olib boradi. Cherkovdagi eng katta gumbaz (diametri 7,7 m) naosning markaziy qismi yuqorisida joylashgan. Ikki kichikroq gumbazlar kamtarona apsidaning yon tomonida joylashgan: shimoliy gumbaz protez ustida, janubiy gumbaz diakonikaning ustida joylashgan.
Esonarteksning oʻng tomonidagi eshiklar yon cherkovga yoki parekleziyaga ochiladi. Parekleziyadan oilaviy dafn va yodgorliklar uchun morg ibodatxonasi sifatida foydalanilgan. Cherkovdagi ikkinchi eng katta gumbaz (diametri 4,5 m) parekleziya tomining markaziy qismini bezatib turadi. Parekleziya fresklar bilan qoplangan: