Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Karim-David Adeyemi | ||
Tavallud sanasi | 18-yanvar 2002-yil | ||
Tavallud joyi | Munich, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.80 m[1] | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Borussia Dortmund | ||
Raqami | 27 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2008-2010 | TSV Forstenried | ||
2010-2012 | Bayern Munich | ||
2012-2018 | SpVgg Unterhaching | ||
2018-2020 | Red Bull Salzburg | ||
Xalqaro medallar | |||
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (11-iyun uchun) |
Karim David Adeyemi (nemischa: Karim David Adeyemi 2002-yil 18-yanvar, Myunxen, Germaniya) — nemis futbolchisi, Dortmundning „Borussiya“ klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi .
Adeyemi Germaniyaning Forstenried, Bavariya, Unterxaching va Avstriyaning Red Bull klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u Red Bullning zaxira klubida oʻynay boshlagan.2020-yil 20-fevral kuni UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichi doirasida Frankfurt-Maynning " Ayntraxt "iga qarshi o‘yinda Karim asosiy jamoa safida debyut qilgan[2]. 3-iyun kuni poytaxtning " Rapid " klubiga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qilgan[3]. Oʻsha yilning 1-iyulida " Shturm "ga qarshi oʻyinda Karim Red Bull uchun birinchi golini urgan[4].
2022-yil 10-may kuni Dortmundning „Borussiya“ klubi futbolchi bilan 2027-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladigan 30 million yevroga teng bo‘lgan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[5].
2019-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi bilan Adeyemi Irlandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Ispaniya[6] va Avstriya[7] jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2021-yilda Germaniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Adeyemi Vengriya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibiga aylangan. Turnirda u Daniya[8], Gollandiya[9] va Portugaliya[10] jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2021-yil 5-sentyabr kuni Armaniston terma jamoasiga qarshi JCh-2022 saralash bahsida Adeyemi Germaniyaning asosiy terma jamoasi safida debyut qilgan[11]. Oʻsha oʻyinda Karim terma jamoadagi ilk golini urgan.
# | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Turnir |
---|---|---|---|---|---|---|
1. | 5-sentyabr 2021-yil | "Mersedes-Bens Arena", Shtutgart, Germaniya | Armaniston | 6:0 | 6:0 | JCH 2022 saralash. J Guruhi |
Karim Germaniyada tugʻilgan. Uning otasi Nigeriyalik va onasi Ruminiyalikdir[12].
Red Bull Zalsburg
Germaniya (21 yoshgacha)