Kaminoyama 上山市 | |
---|---|
Shahar | |
38°8′58.5″N 140°16′4.3″E / 38.149583°N 140.267861°E G OKoordinatalari: 38°8′58.5″N 140°16′4.3″E / 38.149583°N 140.267861°E G O | |
Mamlakat | Yaponiya |
Asos solingan | 1954-yil 1-oktabr |
Maydon | 24,093 km2 (9,302 mi²) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2015-yil fevral) |
29 974 |
|
Kaminoyama (yaponcha: 上山市 Kaminoyama-shi ) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 31-oktabr holatiga koʻra, shaharda 11278 ta xonadonda 29617 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 120 nafarni tashkil qilgan[1]. Shaharning umumiy maydoni 240,93 kvadrat kilometr (93 mi²).
Kaminoyama Yamagata prefekturasining janubi-sharqida, Murayama havzasida joylashgan boʻlib, sharqda Miyagi prefekturasi bilan chegaradosh. Zao togʻi uning chegaralari boʻylab qad rostlagan.
Kaminoyama nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hudud uchun xosdir. Shuningdek noyabr oyining oxiridan mart oyining boshigacha kuchli qor yogʻishi kuzatiladi. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Kaminoyamada oʻrtacha yillik harorat 11,4 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1362 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,9 °C, eng past harorat esa yanvarda, −1,1 °C atrofida boʻladi[2].
Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Kaminoyama aholisi soʻnggi 40 yil ichida kamaygan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1960 | 40,383 | — |
1970 | 38,357 | −5.0% |
1980 | 38,533 | +0.5% |
1990 | 38,327 | −0.5% |
2000 | 36,886 | −3.8% |
2010 | 33,836 | −8.3% |
2020 | 29,11 | −14.0% |
Hozirgi Kaminoyama hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan va Edo davrida Tokugava syogunati ostida Kaminoyama domenining qal’a shahri vazifasini oʻtagan. Shuningdek, shahar Ushu Kaido shossesidagi pochta stansiyasi ham boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasi Minamimurayama tumani tarkibiga kiritildi. Kaminoyama shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan hamda 1954-yil 1-oktabrda shahar maqomiga koʻtarilgan.
Kaminoyama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 15 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 1-Yamagata okrugi tarkibiga kiradi.
Kaminoyama iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligi (bogʻdorchilik), yengil sanoat (elektronika, avtomobilsozlik, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari), oʻrmon xoʻjaligi va turizmga asoslangan. Bu mintaqa oʻzining issiq buloq suvi xususan Kaminoyama qal’asining sobiq hududi yaqinidagi issiq buloq kurortlari bilan mashhur[4].
Kaminoyamada beshta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan uchta davlat oʻrta maktabi shuningdek Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Prefekturada, shuningdek, nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi va ikkita kasb-hunar maktabi bunyod etilgan.
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen
Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi