Bu maqola vikilashtirilishi kerak. Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga muvofiq tartibga keltiring.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling.

Kalom (arab. ravon nutq, jumla, gap, so‘z) — musulmon kishining aqidasi, eʼtiqodi, dunyoqarashi qanday bo‘lishi kerakligini yoritib beruvchi fandir. Aqoid ilmi o‘z tarixining turli bosqichlarida sharoit va tushunchalardan kelib chiqib, bir necha nomlar bilan atalgan. Agar islom dinining taʼlimoti va amaliyoti shartli ravishda ikki qismga bo‘linsa, Kalom ilmi uning birinchi qismi, yaʼni taʼlimoti bilan shug‘ullanadi. Fiqh ilmi esa ikkinchi, yaʼni amaliy qismiga tegishlidir. Dastlab islom ilmlarining barchasi yuqoridagi kabi ikki qismga bo‘linmay, umumiy tarzda „Islom ilmlari“ yoki „Fiqhiy ilmlar“ deb atalgan. Ulardan aqida, yaʼni islom taʼlimotiga oid qismi „al-Fiqh al-akbar“ („Katta fiqh“), fiqhga, yaʼni diniy amallarga doir ilmlar esa „al-Fiqh al-asg‘ar“ („Kichik fiqh“) deb atalgan. So‘ngra ulardan hadis, tafsir, fiqh, tasavvuf, aqoid kabi turli ilmlar ajralib chiqib, islom diniga xos ilm sifatida eʼtirof etila boshlagan. Aqoid qolguncha turli nomlar bilan atalib turgan. Demak, „al Fiqh al-akbar“ni kalom, aqoidning dastlabki nomi deb hisoblash mumkin. Shu tariqa Kalom ilmi turli davrlarda „al-Fiqh al akbar“, „Ilm al-kalom“, „Usul ad-din“ („Din asoslari“), „Ilm at-tavhid“ („Yakkaxudolik taʼlimoti“) va nihoyat so‘nggi nomi „Aqoid“ („Aqidalar“) va „Kalom“ degan nomlar bilan atalgan."Kalom" aqoidning eng mashhur ismi hisoblanib, „al Fiqh al-akbar“ ismi bilan bir asrda, yaʼni VIII asrda yuzaga kelgan. Chunki bu ism Imom Abu Hanifa, Imom Shofiiy, Imom Molik va boshqalardan rivoyat qilingan. Hozirgi davrga kelib g‘arb va turk sharqshunoslari ushbu ilmga nisbatan „Ilohiyot“ (arab. „Iloh haqidagi fan“) va „Teologiya“ (lot. Teo — xudo, logiya — fan; „Xudo haqidagi fan“) kabi atamalarni ishlatmoqdalar.

Chunki keyingi asrlarda aqoid ilmi to‘rtta qismga bo‘lingan:

Bular, asosan, g‘ayb olamiga tegishli masalalar hisoblanadi[1].

Adabiyotlar

Manbalar

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 241.