Borges 1979

Jorge Francisco Isidoro Luis Borges Acevedo (tug‘. kuni 24-avgust 1899 – 14-iyun 1986) Argentinalik mashhur yozuvchi, shoir va tanqidchi. O‘zining ruhiy va falsafiy romanlari bilan mashhur va Lotin Amerikasining eng taniqli yozuvchilaridan biri.

Borgesning imzosi

Hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jorge Luis Borges Buenos-Ayresda tug‘ilgan, o‘smirligi Yevropada o‘tgan va shu yerda ta’lim olgan. 1920-yillarda o‘z yurtiga qaytgan adib dastlab shoir sifatida mashhur bo‘ladi. 1955-yildan milliy kutubxona direktori bo‘lib ishlaydi. Ko‘zi ko‘rmay qolgach, 1973-yili ishdan bo‘shaydi. Bir qancha milliy adabiy mukofotlar sohibi; Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniyaning oliy mukofotlari sovrindori; Sorbonna, Oksford, Kolumbiya (Nyu-York) universitetlarining faxriy doktori.

Kitoblari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Borges «Buenos-Ayres jaziramasi» (Fervor de Buenos Aires, 1923), «Qarshi tomondagi oy» (Luna de enfrente, 1925), «Tekshiruv» (Inquisiciones, 1925), «Mening umidimdagi hajmlar» (El tamaño de mi esperanza, 1926), «Argentinaliklar tili» (El idioma de los argentines, 1928), «San-Martin maydoni daftari» (Cuaderno San Martín, 1929), «Evaristo Karrego» (Evaristo Carriego (1930), «Muhokama» (Discusión, 1932), «Sharmandalikning umumiy tarixi» (Historia universal de la infamia, 1935), «Mangulik tarixi» (Historia de la eternidad, 1936), «To‘qimalar» (Ficciones, 1944), «Kashfiyot» (Artificios, 1944), «Alef» (El Aleph, 1949), «Yangi tekshiruvlar» (Otras inquisiciones, 1952), «Bajaruvchi» (El Hacedor, 1960), «Boshqa, xuddi o‘zi» (El otro, el mismo, 1964), «Soya maqtovi» (Elogio de la sombra, 1969), «Broudining xabari» (El informe de Brodie, 1970), «Yo‘lbarslar oltini» (El oro de los tigres, 1972), «Qum kitobi» (El libro de arena, 1975), «Ko‘ngildagi atirgul» (La rosa profunda, 1975), «Temir tanga» (La moneda de hierro, 1976), «Tun ertagi» (Historia de la noche, 1977), «Yetti kecha» (Siete noches, 1980), «Sirli xat» (La cifra, 1981), «Dante haqida to‘qqiz esse» (Nueve ensayos dantescos, 1982), «Shakespeare xotirasi» (La memoria de Shakespeare, 1983), «Atlas» (Atlas, 1984), «Fitnachilar» (Los conjurados, 1985) kabi kitoblari bilan tanilgan.

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]