Jorge Andrés Carrascal Guardo (talaffuzi: Xorxe Andres Karraskal Gvardo; 1998-yil 25-mayda Kolumbiyada tugʻilgan) — kolumbiyalik futbolchi, „CSKA“ futbol klubi yarim himoyachisi.

Jorge Carrascal
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jorge Andrés Carrascal Guardo
Tavallud sanasi 25-may 1998-yil (1998-05-25) (26 yosh)
Tavallud joyi Cartagena, Kolumbiya
Boʻyi 1.80
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
CSKA Moscow
Raqami 8
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Heroicos
Millonarios
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Millonarios 2 (0)
2016—2018 Sevilla B 1 (0)
2017—2018 → Karpaty Lviv (ijara) 22 (6)
2018—2019 Karpaty Lviv 16 (0)
2019 → River Plate (ijara) 10 (2)
2020—2022 River Plate 44 (3)
2022 → CSKA Moscow (ijara) 11 (1)
2022— CSKA Moscow 16 (5)
Milliy terma jamoa
2013 Kolumbiya U15
2015 Kolumbiya U17 5 (1)
2020 Kolumbiya U23 7 (3)
2022— Kolumbiya 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 13-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 19-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jorge Carrascal professional faoliyatini „Millonarios“ futbol klubida boshlagan. 2014-yilning 10-noyabrida Mustang kubogida „Deportes Tolima“ futbol klubiga qarshi debyut qilgan[1]. 2016-yilning yozida Jorge Carrascal Ispaniyaning „Sevilla“ futbol klubiga oʻtgan. Oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun u ikkinchi jamoaga yuborilgan[2]. 2-sentyabr kuni „UCAM Murcia“ futbol klubi bilan oʻyinda u Ispaniya Segundasida debyut qilgan[3].

2017-yilning yozida Jorge Carrascal „Karpaty“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan[4]. 23-iyul kuni „Vorskla“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Ukraina chempionatida debyut qilgan[5]. 10-sentyabr kuni „Veres“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda Jorge Carrascal „Karpaty“ safida ilk golini urgan [6].

2019-yil yanvar oyi oxirida Jorge Carrascal yil oxirigacha Argentinaning „River Plate“ futbol klubiga ijaraga oʻtgan[7]. „Independiente“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Argentina premyer ligasida debyut qilgan. 28-iyul kuni „Argentinos Juniors“ futbol klubiga qarshi bahsda Jorge Carrascal „River Plate“ futbol klubi safida ilk golini urgan[8]. Ijara muddati tugagach, klub futbolchining transferini sotib olgan[9]. 2020-yilda Libertdores kubogida u Peruning „Deportivo Binacional“, Ekvadorning „LDU Quito“ va Urugvayning „Nacional“ futbol klubiga qarshi 3 ta gol urgan[10][11].

2022-yilning 18-fevralida Jorge Carrascal 2021—2022-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Moskvaning „CSKA“ jamoasiga o‘tgan[12]. 2022-yilning 26-fevralida Moskvaning „Spartak“ jamoasiga qarshi o‘yinda u Rossiya chempionatida debyut qilgan[13]. 2022-yilning 20-martida u „CSKA“ safida „Rubin“ futbol klubiga qarshi o‘yinda (6:1) ilk golini kiritgan[14]. 2022-yilning 20-may kuni klub „River Plate“ futbol klubidan Jorge Carrascalni sotib olgan va u bilan 2026-yilgacha shartnoma imzolagan[15].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Kolumbiya yoshlar terma jamoasi tarkibida Jorge Carrascal Paragvayda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etgan[16][17]. Turnirda Urugvay, Argentina, Ekvador, Braziliya va Paragvay terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[18][19]. Argentinaliklarga qarshi kechgan bahsda Jorge Carrascal gol urgan[20].

Statistika

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol
MillonariosKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2014 1 0 1 0
2015 1 0 1 0
2016 1 0 4 0 5 0
Jami 3 0 4 0 7 0
Sevilla AtléticoIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2016—2017 1 0 1 0
Jami 1 0 0 0 1 0
F. K. Karpaty LvivUkraina bayrogʻi Ukraina 2017—2018 23 6 23 6
2018—2019 16 0 2 0 18 0
Jami 39 6 2 0 41 6
River PlateArgentina bayrogʻi Argentina 2018—2019 2 0 1 0 3 0
2019—2020 8 2 2 0 7 2 17 4
2020 10 0 5 1 15 1
2021 21 3 16 1 9 0 46 4
Jami 31 5 28 1 22 3 81 9
P. F. C. CSKA MoscúRossiya bayrogʻi Rossiya 2021—2022 11 1 2 0 13 1
2022—2023 16 5 1 0 17 5
Jami 27 6 3 0 0 0 30 6
Umumiy faoliyatida 101 17 37 1 22 3 160 21

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Депортес Толима VS. Мильонариос 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 10-noyabr). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
  2. „El Sevilla ficha al joven colombiano Carrascal (Millonarios) para su filial“ (es). Mundo Deportivo (2016-yil 25-may). 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 14-iyul.
  3. „Севилья II VS. УКАМ Мурсия 1:1“ (en). soccerway.com (2016-yil 2-sentyabr). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-oktyabr.
  4. „«Карпаты» арендовали у «Севильи» колумбийского полузащитника Карраскаля“ (ru). sports.ru (2017-yil 13-iyul). 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-avgust.
  5. „Карпаты Львов VS. Ворскла 1:3“ (en). soccerway.com (2017-yil 23-iyul). 2017-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-avgust.
  6. „Карпаты Львов VS. Верес 1:6“ (en). soccerway.com (2017-yil 10-sentyabr). 2017-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-sentyabr.
  7. „«РІВЕР ПЛЕЙТ» ОРЕНДУВАВ КАРРАСКАЛЯ“. 2019-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-fevral.
  8. „Архентинос Хуниорс VS. Ривер Плейт 1:1“ (en). soccerway.com (2019-yil 28-iyul). 2022-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  9. „Ривер Плейт VS. ЛДУ Кито 3:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 21-oktyabr). 2021-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  10. „Насьональ Монтевидео VS. Ривер Плейт 2:6“ (en). soccerway.com (2020-yil 18-dekabr). 2022-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  11. „Ривер Плейт VS. Серро Портеньо 8:0“ (en). soccerway.com (2020-yil 11-mart). 2022-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-fevral.
  12. „ЦСКА арендовал хавбека «Ривер Плейт» Карраскаля с правом выкупа“. Sports.ru. 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
  13. „Новички ЦСКА оказались круче спартаковских: Языджи забил победный гол в дебютном дерби (видео)“. matchtv.ru (2022-yil 26-fevral). 2022-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
  14. „ЦСКА – Рубин, 20 марта 2022 - счет 6 : 1, обзор матча, прямая трансляция - Чемпионат России по футболу (РФПЛ, Премьер-лига) 2021-2022“ (ru). www.championat.com. 2022-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-may.
  15. Шаймарданов, Айнур „ЦСКА объявил о выкупе контракта Хорхе Карраскаля у «Ривер Плейт»“. www.championat.com (2022-yil 20-may). 2022-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-may.
  16. „Колумбия (до 17) VS. Аргентина (до 17) 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 23-mart). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
  17. „Парагвай (до 17) VS. Колумбия (до 17) 4:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 18-mart). 2016-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
  18. „Колумбия (до 17) VS. Эквадор (до 17) 1:2“ (en). soccerway.com (2015-yil 26-mart). 2018-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
  19. „Бразилия (до 17) VS. Колумбия (до 17) 0:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 30-mart). 2018-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.
  20. „Уругвай (до 17) VS. Колумбия (до 17) 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 21-mart). 2018-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-fevral.