Saljuqiylar davrida Jondorlar qoʻriqchilik va jallodlik vazifalarini ado etgan jangchilar boʻlib, ularning boshligʻi amiri Jondor unvoniga ega boʻlgan. Ular Somoniylar davrida sohibi haros (amiri haros) deb atalgan.
Xorazmshoh Takash hujjatlarida Jondor shurat (shaxsiy gvardiya)ning dongdor kishilaridan; soʻnggi xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi vaqtida (1220—31) Shom voliylaridan biri Jondor unvoniga ega boʻlgan.[1]