Jomboy
shahar
39°42′0″N 67°05′24″E / 39.70000°N 67.09000°E / 39.70000; 67.09000 G OKoordinatalari: 39°42′0″N 67°05′24″E / 39.70000°N 67.09000°E / 39.70000; 67.09000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Jomboy tumani
Hukumat
 • Hokim Sobirov Qayum Hamrayevich
Rasmiy til(lar)i o'zbek
Aholisi
 (2022)
180,4 ming
Milliy tarkib o'zbeklar (166 ming 132 nafar), tojiklar (6 ming 353 nafar), qozoqlar (201 nafar), ruslar (144 nafar) qoraqalpoqlar (52 nafar) boshqa millatlar (7 ming 518 nafar)
Konfessiyaviy tarkib islom, xristian
Vaqt mintaqasi UTC+5
Jomboy xaritada
Jomboy
Jomboy
Jomboy xaritada
Jomboy
Jomboy

Jomboy — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi qishloq tumani va tuman markazi nomi. Toponimning jom yoki yom „bekat, istehkom“ soʻzi bilan aloqasi yoʻq. Y.Koychibayevning aytishicha, Jomboy nomli toponim Qozogʻistonning Guryev oblastida ham boʻlib, etnik nom asosida vujudga kelgan. Jomboy qozoqlarning bir urugʻi nomi.[1]

2022-yil 1-sentabr holati 180,4 ming kishi, shundan erkaklar  — 91,0 ming nafar, ayollar — 89,4 ming nafar.

Qishloq fuqarolar yigʻinlari

Jomboy tuman hokimligi

1502-yilda Shayboniyxon Buxorodan Samarqandga qaytishida Zarafshon daryosining Jomboydan oʻtuvchi qismida 7 ravoqdan iborat koʻprik qurdirgan. Zamonlar oʻtishi bilan ravoqlar buzilib, 19-asrning 40-yillarida 3 ta ravoq butun qolgan. Hozir koʻprikning birgina ravogʻi saqlangan. 1899-yil Jomboy orqali temir yoʻl oʻtkazilgan. 1911-yilda Mahmudxoʻja Behbudiy tashabussi bilan yangi usulda maktab ochilgan.[3]

Mahalla fuqarolar yigʻinlari

Manba

  1. Doʻsimov Z., Egamov X. Joy nomlarining qisqacha izohli lugʻati, T.: Oʻqituvchi, 1977, 62-bet.
  2. https://kun.uz/uz/news/2020/04/18/jomboy-tumanida-hokim-ozgardi
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil