Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Javohir Oʻtamurodov | ||
Tavallud sanasi | 9-mart 2004-yil | ||
Tavallud joyi | Nukus, Oʻzbekiston | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Aral Nukus | ||
Raqami | 3 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
—2022 | Nasaf | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2022—2023 | Nasaf | 0 | (0) |
2023 | → Olimpik | 4 | (0) |
2024— | Aral Nukus | 9 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2022—2023 | Oʻzbekiston U-20 | 9 | (1) |
2023— | Oʻzbekiston U-23 | 2 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (21-iyul 2024-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (21-iyul 2024-yil uchun) |
Javohir Oʻtamurodov (qoraqalpoqcha: Жавоҳир Ўтамуродов; 2004-yil 9-mart Qoraqalpogʻistonda tugʻilgan) – Oʻzbekistonlik futbolchi, himoyachi pozitsiyada oʻynaydi. Nukusning „Aral Nukus“ jamoasi aʼzosi.
Javohir futbolchilik faoliyatini „Nasaf“ jamoasida boshlagan. 2023-yilgi mavsum yozgi transfer oynasida Toshkentning „Olimpik“ jamoasiga ijara asosida oʻtgan[1]. Mavsum davomida Olimpik jamoasi tarkibida liga oʻyinlarida 4 ta, kubokda esa 1 ta oʻyin oʻtkazgan[2]. 2024-yil 9-martda Nukusning „Aral“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[3]. 2024-yil 31- iyulda „Aral“ jamoasi bilan xayrlashgan va Belarusning „Vitbesk“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan[4][5].
2023-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Oʻzbekiston U-20 terma jamoasida tarkibida ishtirok etgan. Turnir yakunida 1 ta oʻyinda ishtirok etgan xolda chempion boʻlgan[6].