Isroil Madrimov

2021-yilda Madrimov
Statistikasi
Asl ismi Isroil
Laqabi Dream
Vazni 75kg
Boʻyi 5 ft 8+1/2 in
Millati oʻzbek
Tavalludi 16-fevral 1995-yil (1995-02-16) (29 yosh)
Oʻzbekiston Xiva, Xorazm, Oʻzbekiston
Uslubi Orthodox

Isroil Madrimov (1995-yil 16-fevral, Oʻzbekiston, Xorazm viloyati, Xiva) – 75 kg vazn toifasida isteʼdodli bokschi, Boks boʻyicha Jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, professional boksda WBA Intercontinental kamari sohibi, sobiq WBA kamari sohibi va „Uzbek Tigers“ jamoasi aʼzosi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havaskor faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda Incheonda (Janubiy Koreya) boʻlib oʻtgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindori boʻlib, 69 kg vazn toifasida amaldagi chempion qozogʻistonlik Daniyar Eleusinovga 0:3 hisobida magʻlub boʻldi[5].

Nijnevartovskda (Rossiya) Farmon Salmanov xotirasiga bagʻishlangan 2016-yilgi neft mamlakatlari boks boʻyicha XIV Jahon kubogi gʻolibi. 75 kg vazn toifasidagi finalda u rossiyalik Aleksandr Agafonovni ishonchli magʻlub etdi[6]. Ammo keyingi yili, 2017-yilning noyabrida xuddi shu vaznda u Kubok finalida rossiyalik Andrey Kovalchukga qarshi kechgan keskin kurashda yutqazdi[7].

Tailand Qirol kubogi chempioni (Bangkok, 2017-yil aprel) finalda kubalik Osley Iglesias Estradani magʻlub etdi[8]. May oyida u finalda janubiy koreyalik Li Dong-Jinni magʻlub etib, Toshkentda (Oʻzbekiston) boks boʻyicha 2017-yilgi Osiyo chempioni boʻldi[9]. 2017-yilning noyabr oyida u finalda rossiyalik Igor Ivanchenkoni magʻlub etib, Sankt-Peterburg gubernatori kubogini qoʻlga kiritdi[10].

2018-yilning may oyida u finalda qrimlik Gleb Bakshi ustidan gʻalaba qozonib, yana Sankt-Peterburg gubernatori kubogini qoʻlga kiritdi[11]. Iyun oyida esa Ostona shahrida boʻlib oʻtgan Qozogʻiston Prezidenti kubogida u chorak finalda 2017-yilgi Islomiada chempioni Tursinbay Qulaxmetni magʻlubiyatga uchratgan, ammo yarim finalda 2017-yilgi jahon chempioni, boʻlajak gʻolib Abilxon Amankulga yutqazib qoʻygandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qoʻmitasi Isroil Madrimovni 2018-yilning avgust oyida Jakarta (Indoneziya) shahrida boʻlib oʻtadigan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasining bayrogʻdori deb topdi[12]. U finalda qozogʻistonlik bayroqdor Abilxon Amanqulga qarshi kurashda (3:2) ochkolar bilan gʻalaba qozondi va chempion boʻldi. Oʻyinlardan soʻng Madrimov professionalga aylandi[13].

Professional faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 9-mart kuni venesuelalik 32 yoshli Frenk Roxas (24-2, 23 KO) bilan ikkinchi jangida Madrimov 2-raundda nokaut evaziga WBA Inter-Continental kamarini qoʻlga kiritdi[14].

2019-yil aprel oyida u Tailandda boʻlib oʻtgan havaskorlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida amaldagi chempion[15] sifatida ishtirok etgan, biroq chorak finalda keyinchalik Osiyo chempioniga aylangan qozogʻistonlik Tursinbay Qulaxmetga yutqazib qoʻygandi.

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. https://championat.asia/ru/news/incheon-2014-boks-madrimov-kumush-medal-sohibi-fotogalereya
  2. „Isroil Madrimov Osiyo chempioni!“. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  3. „Madrimov Qozog‘istondagi turnirning eng yaxshi bokschisi bo‘ldi+FOTO“. Qaraldi: 4-avgust 2024-yil.
  4. arxiv nusxasi, 2017-12-01da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2017-11-30
  5. „Инчеон-2014. Бокс. Исраил Мадримов стал серебряным призёром“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  6. „В Югре завершился Кубок мира по боксу среди нефтяных стран“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  7. Is. Madrimov)Uzb) – A.Kovalchuk (Ros) FINAL Kubok neftyanix stran 2017. FINAL
  8. „«Кубок короля — 2017» У Мадримова золотая медаль, Абдураимов завоевал серебро“. 2022-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-may.
  9. „Исроил Мадримов завоевал золото ЧА“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  10. Isroil Madrimov vs Igor Ivanchenko Final.12.11.2017
  11. Final the Cup of the Governor of St. Petersburg 2018
  12. „Олимпийский комитет назвал знаменосца Узбекистана на Азиатских играх“. 2018-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 23-iyul.
  13. „Исроил Мадримов ушел в профессиональный бокс и назвал дату первого поединка“. 2018-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.
  14. „«Монстр». Беспощадный нокаут принес узбекскому обидчику Аманкула титул от WBA во втором бою в профи“. 2019-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-mart.
  15. „«Монстр» из Узбекистана и другие“. 2019-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-aprel.

Havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]