Isajon Sulton
Tavalludi
Sultonov Isajon Abduraimovich

6-aprel 1967-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi yozuvchi, tarjimon
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2021), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2014)

Isajon Sulton (Sultonov Isajon Abduraimovich) (1967-yil 6-aprel, Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Rishton tumani, Avazboy qishlogʻi) — yozuvchi. Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (2021)[1], Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2014)[2].

Tarjimai hol

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isajon Sultonov 1967-yil 6-aprel Fargʻona viloyatining Rishton tumani, Avazboy qishlogʻida dunyoga keladi. Boʻlajak yozuvchi oʻrta maktabni aʼlo baholarga bitirgach, 1990-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Uning „Munojot“ („Choʻlpon“ nashriyoti, Toshkent) nomli birinchi qissasi ham shu yili nashr etilgan. U 1996-yilda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan.

Ijodiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Isajon Sultonning hikoyalari „Sharq yulduzi“, „Xalqlar doʻstligi“, „Intellegent. Sankt-Peterburg“ (Rossiya), „Russkor pole“ (Moldova), „Lexikon“ (AQSH), " „Kurgan Edebiyat“ (Turkiya) va b. nashr qilingan. „Boqiy darbadar“, „Ozod“ romanlari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi mukofoti bilan taqdirlangan (2012). „Oydinbuloq“ va „Suvdagi kosa“ hikoyalari „XX asr oʻzbek nasri antologiyasi“ga kiritilgan. Nashr etilgan kitoblari: „Munojot“(1990-yilda), „Boqiy darbadar“ (2010-yilda), „Ozod“ (2012-yilda), "Bogʻi Eram: (2015-yilda), „Tanlangan asarlar“ (ikki jildlik , 2017-yilda), „Hazrati Hizr izidan“ (2018-yilda), „Bilga xoqon“ (2019-yilda), „Alisher Navoiy“ (2021-yilda), „Maʼsuma“ (2022-yilda)[manba kerak].

Ayni kunda adib Toshkentda yashab ijod qiladi.

Bibliografiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektron resurslar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiy tanqid

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 24 avgusta 2021 goda „O nagrajdenii v svyazi s tridsatiletiem gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan gruppi rabotnikov sfer nauki, obrazovaniya, zdravooxraneniya, sporta, literaturi, kulturi, iskusstva i sredstv massovoy informatsii“
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 22 avgust 2014 года № УП-4647 «О награждении в связи с двадцать третьей годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер