Iqboljon Akramov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Iqboljon Inomjonovich Akramov
Tavallud sanasi 10-oktyabr 1983-yil (1983-10-10) (40 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 178 cm (5 ft 10 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2013 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona) 198 (4)
2014 Oʻzbekiston Olmaliq 5 (0)
2015 Oʻzbekiston Andijon 18 (1)
Milliy terma jamoa
2006—2007 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Iqboljon Inamjonovich Akramov (oʻzbekcha: Iqboljon Inomdjonovich Akramov; 1983-yil 10-oktyabr, Fargʻona) —yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydigan futbolchi[1]. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo Kubogi final turniri ishtirokchisi.

Tarjimai holi

Jamoalardagi faoliyati

Kattalar darajasida 18 yoshida Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasi tarkibida oʻynagan. Umuman olganda, ushbu klub uchun keyingi 12 mavsum davomida u Oʻzbekiston chempionatlarida 200 ga yaqin oʻyin oʻtkazdi, bir necha bor kumush va bronza medallari sohibiga aylandi. U Osiyo chempionlar ligasi va OFK kubogi bahslarida ishtirok etgan.

„Neftchi“dan ketganidan keyin „Olmaliq“[2] va „Andijon“ klublarida toʻp surgan[3]. 2016-yildan beri u professional darajada oʻynamadi.

Milliy terma jamoadagi faoliyati

2007-yilda murabbiy Rauf Inileyev tomonidan Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan. Futbolchi debyut uchrashuvini 2007-yilning 23-martida Tayvan terma jamoasiga qarshi oʻtkazdi[4]. U terma jamoa safida jami uchta oʻyin oʻtkazgan.

2007-yil iyul oyida u Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etdi, ammo barcha oʻyinlarda zaxirada qoldi.

Manbalar

  1. „Олий лига РЕТРО: Чемпион бўла олмаган юлдузларнинг рамзий терма жамоаси“. 2023-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  2. „Иқбол Акрамов эса "Олмалиқ"қа ўтади“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  3. „Азиз Алижонов ва Иқбол Акрамов "Андижон"да“. 2023-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.
  4. „Taiwan vs. Uzbekistan“. 15-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2017-yil.

Havolalar