Insoniyatga qarshi jinoyatlar – bu urushgacha yoki urush davrida tinch aholini oʻldirish, ularni yoʻq qilish, qul qilish, sotish, surgun qilish va boshqa qatʼiy choralarni qoʻllash shu bilan birga siyosiy, irqiy, diniy sabablarga koʻra ularni taʼqib qilish yoki qayerda amalga oshirilganidan yoki ular davlatlarning ichki huquqini buzish yoki buzmasligidan qatʼiy nazar, tribunal yurisdiksiyasiga kiradigan jinoyatlarni nazarda tutadi. Insoniyatga qarshi jinoyatlar deganda har qanday tinch aholiga qarshi qaratilgan keng miqyosli yoki tizimli hujumning bir qismi sifatida sodir etilgan jinoyatlar toifasi tushuniladi. Bu jinoyatlar har qanday tinch aholiga qarshi keng tarqalgan yoki tizimli hujumning bir qismi sifatida sodir etilgan boʻlsa, qotillik, qirgʻin qilish, qul qilish, deportatsiya qilish va boshqa gʻayriinsoniy harakatlarni oʻz ichiga olishi mumkin. 1976-yil BMTning xalqaro huquq komissiyasi davlatlarning javobgarligi toʻgʻrisida modda loyihasini maʼqulladi va shunga koʻra enosit (uy, turar joyni yoʻq qilish), qulchilik va kolonial hukumronlik ham insoniyatga qarshi jinoyatlarni ichiga oladi. Shu sababli, huquqning rivojlanishi bilan koʻrib chiqilgan jinoyatlar soni ortib boradi. Bunga 1991-yil Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan qabul qilingan tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar kodeksi loyihasi misol boʻla oladi, bu kodeks loyihasi jinoyatlar hamda xalqaro harakterdagi jinoyatlarni bir-biridan farqlamaydi. Shuning uchun unda umum eʼtirof etilgan qoidalarga asosan xalqaro jinoyatlar deb quyidagilar aytilishi mumkin: agressiya, agressiya tahdidi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashish kolonial hukumronlik va chet el hukumronligining boshqa prinsiplari, genotsid, aparteid, inson huquqlarini doimiy va ommaviy ravishda buzish, alohida jiddiy harbiy jinoyatlar shu bilan birga atrof-muhidga qasddan jiddiy zarar yetkazishlarni oʻz ichiga oladi[1].