Bu film Walt Disney Feature Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan uchinchi va soʻnggi multfilmdir. Negaki, bu studiya 2004-yilning martida yopiladi. Film tanqidchilar tomonidan salbiy qarshilandi. Shunday boʻlsa ham, umumjahon boʻylab $250.4 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, 76-Akademiya (Oscar) topshirish marosimida „Eng yaxshi animatsion film“ nominatsiyasiga loyiq topilgan.
Diqqat! Quyida sujet burilishlari yoki hatto oxiri ham keltirilishi mumkin.
Birodarlar — Sitka, Denahi va Kenai muzlik davridan keyingi davrda yashovchi paleo-hindulardir. Ular yashaydigan qabilalar totemlar ruhlariga sigʻinishadi, maʼlum yoshga toʻlgach, har bir qabila aʼzosi qabila qamidan oʻz totemini bilib olishadi. Uch birodarlarning kenjasi boʻlmish yosh Kenai, sevgini ifodalovchi ayiq totemini oladi. Kenai oʻz totemidan nihoyatda norozi boʻladi, negaki u sevgi insonga xos boʻlmagan fazilat deb hisoblaydi. U Denahi tomonidan doimiy masxara qilinar ekan, Sitka xafa boʻlgan birodari Kenaiga totemning mohiyati ilk qarashda koʻrinadigan darajada oddiy emasligini tushuntiradi. Boshqa tomondan, Kenai, ayiq sevgini qanday aks ettirishi mumkinligini tushuna olmaydi, chunki uning tushunchasiga koʻra, ayiq sezgir va tajovuzkor mavjudotdir.
Kenai (talaffuzi: Kenay) — filmning bosh qahramoni. Haqiqiy erkak boʻlishni orzu qiladigan bir eskimos oʻsmirdir. U chapani xarakterga ega, ammo juda mehribon. Ayiqqa aylangan Kenai kichik ayiq bolasi boʻlmish Kodaga gʻamxoʻrlik qiladi. Kenai juda xushchaqchaq boʻlishiga qaramay, u oʻta kamgapdir.
Denahi — filmning asosiy antagonisti. Kenaining doim bezorilik qiladigan oʻrtancha birodaridir. U yaxshi ovchi va shu bilan bir qatorda mohirlik bilan savat toʻqiydi. Kenaidan farqli oʻlaroq, Denahi avval oʻylab, keyin ish qiladi, biroq film voqealarida davomida Denahi, ikki birodarini olib ketgan ayiqdan gʻazablanib, undan qasos olish niyatida.
Sitka — Kenai va Denahini doimiy ravishda ajratib turadigan katta birodari. Sitka qolgan kichik birodarlari ichidagi eng donosi, xotirjami va dovyuragidir.
Tanana — Kenai, Denahi va Sitka istiqomat qiladigan qabilaning oqsoqoli. U koʻp sirlardan boxabar boʻlib, turli sohalarda bilimga egadir. Tanana Kenaiga ayiq qiyofasida tinchlik topishiga koʻmaklashadi.
Koda — kichik ayiq bolasi, Kenaining ayiq qiyofasidagi hamrohi. Ularning ilk uchrashuvi Kenai ayiq uchun moʻljallangan tuzoqqa tushganda sodir boʻladi. Koda unga tuzoqdan chiqishga yordam beradi. Koda oʻta xushchaqchaq va aql bovar qilmas darajada koʻp gapiruvchi, buning ortidan yoʻlda Kenaini toliqtirib qoʻyadi. Koda kuchli va tezkor ayiqdir.
Rutt va Tuke (talaffuzi: Ratt va Tyuk) — ikki los (bugʻu turi) birodarlar. Rutt oʻz akasidan koʻra oʻziga ishonchi baland va ayyorroqdir, lekin Tuke xavfga nisbatan sezgirdir. Ikkala it ham qoʻrqoq hamda ov qilinayotganini bilgach, Kenai ularni ovchidan himoya qiladi degan oʻyda unga qoʻshilishgan. Rutt va Tuke ovqatlanishni, ayniqsa novdalarni xush koʻrishadi.
Tug (talaffuzi: Tog) — lostlar bilan oziqlanadigan zabardast, yirik va semiz ayiq. U barcha ayiqlarning qirolidir. Tug koʻp tajriba orttirgan ayiq sanaladi.