Ilonchisoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 32 |
Maydoni | 47 km² |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | Qoʻytosh togʻlarining shimoliyyon bagʻri |
· Boshlanish joyi | Katta Bog'don qishlog'i |
· Balandligi | 1 500 m |
Joylashuvi | |
Davlat | O'zbekiston |
Tuman | Forish |
Ilonchisoy — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining sharqiy tarmogʻi — Qoʻytosh togʻlarining shimoliyyon bagʻridan (1500 m) boshlanuvchi 15 ga yaqin kichik irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Shimoliy yoʻnalishda oqadi. Uzunligi 32 km, havzasining maydoni 47 km2. Boshlanishida Oqbuloqsoy deb, Oqtepa qishlogʻi yonida unga Yomchisoy qoʻshilgach, Ilonchisoy deb ataladi.
Xonbandi togʻini kesib oʻtgach, Uchquloch shaharchasidan 1 km shimoli-gʻarbda tugaydi. Ilonchisoy qor, mavsumiy yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Yillik oqimning 70—80% mart — aprelda oqib oʻtadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 200—250% l/sek. Ilonchisoydan sugʻorishda foydalaniladi.[1]
Ilonchisoy suvi yon-atrofdagi qishloqlarga ekinlarni sugʻorish uchun asosiy suv manbai hisoblanadi. Uning suvlari mashhur „Forish uzumlari“ yetishtiriladigan uzumzorlar, poliz ekinlari, daraxtzorlar va chorva uchun sarf boʻladi. U boshlanish nuqtasidan tuproqqa singgib yoʻq boʻlib ketkuncha quyidagi qishloqlarni kesib oʻtadi:
XX asrda hozirgi Xonbandi shaharchasi yonidagi Pasttogʻ darasiga toʻgʻon qurilib suvidan sugʻorish uchun foydalanilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |