Husayni — xalq seleksiyasida yetishtirilgan oʻrtapishar xoʻraki uzum navi. Vatani Oʻrta Osiyo. Sharqiy eko-logik-geografik navlar guruhiga kiradi. Oʻzbekiston, Tojikiston, Turk-maniston, Rossiyaning Stavropol oʻlkasi va boshqa joylarda tarqalgan. Gʻu-jumlarining shakliga qarab bir necha xillarga boʻlinadi. Moʻrchamiyon H., kelinbarmoq H., qizil H., loʻnda H. (kadu H.) xillari, ayniqsa koʻp tarqalgan. Tupi kuchli oʻsadi. Bargi oʻrta-cha, toʻgarak, 3—5 boʻlmali. oʻrtacha ker-tikli, usti silliq, mayin. Guli ikki jinsli. Uzumi avgust-sentabrda pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, sershingil, havol, ogʻirligi oʻrtacha 300 — 350 g (ayrimlari 1 kg gacha). Gʻujumi oʻrtacha va yirik, tuxumsimon yoki pilindrsimon, poʻsti yupqa, sargʻish-yashil, karsillaydi, sershira. Tarkibida 18 — 20% qand bor, nordonligi 2—3%. Oʻsuv davri 153 kun. Hosildorligi 170—180 s/ga. Sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamsizroq. Yangiligida yeyiladi, mayiz solinadi. Saqlashga, uzoq joylarga yuborishga chidamli. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida rayonlashtirilgan.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.