Hayvon devori | |
---|---|
Wal yr Anifeiliaid | |
Devorning bir qismi | |
Umumiy maʼlumot | |
Joylashuvi | Cardiff, Uels |
Koordinatalar | 51°28′52″N 3°10′59″W / 51.481146°N 3.183024°W |
Qurilishi boshlangan | 1880-1930-yillar |
Egasi | Cardiff shahar konsulligi |
Dizayn va konstruksiya | |
Meʼmor | William Burges |
Hayvon devori |
Hayvon devori (Uelscha: Wal yr Anifeiliaid) - Uelsning Cardiff shahri markazida, Castle kvartalidagi 15 ta hayvon tasvirlangan haykaltaroshlik devori. U Cardiff qalʼasiga kirish qismining gʻarbiy tomonida joylashgan boʻlib, 1930-yillarning boshlarida qalʼa oldidagi dastlabki holatiga koʻchirib oʻtkazilgan. Devor dizayni 1860-yillarda qalʼani qayta rekonstruksiya qilinayotgan vaqtda uchinchi Bute Markessi meʼmori William Burges tomonidan ishlab chiqilgan, ammo loyiha 1880-yillarning oxiri / 1890-yillarning boshlariga qadar amalga oshirilmagan. Burgesning sevimli haykaltarosh do'sti Thomas Nicholls tomonidan qilingan asl toʻqqizta hayvon haykalini oʻz ichiga olgan mazkur loyiha, ilgari Burgesga Cardiff qasrida va Castell Koch qurilishlarida yordam bergan William Frame rahbarligida amalga oshirildi. Devor XX asrning boshlarida koʻchirib o'tkazilganda, to'rtinchi Marquess haykaltarosh Alexander Carrickga hozirda Bute Parki oldidagi kengaytirilgan devorga koʻchirish oldidan yana oltita jonivor haykalini yasashni vazifa qilib berdi. Hayvon devori I darajali tuzilmalar sirasiga kiradi.
John Crichton-Stuart 1848-yilda otasining vafoti tufayli olti oylik chaqaloq holida Bute markissati lavozimiga tayinlandi[1]. 21 yoshida u katoliklikni qabul qildi va otasining merosiga ega boʻldi, bu esa uni „dunyodagi eng boy odam“ga aylantirdi[2]. Merosining asosiy qismi Janubiy Uelsdagi mulklarni oʻz ichiga olgan boʻlib, uning bobosi Herbert Windsorning merosxoʻri, ikkinchi vikont Windsori, Charlotte Windsorga uylanishi natijasida Bute oilasi tomonidan oʻtkazib berilgan edi[2]. Cardiff qasrida joylashgan mulklar va ayrim binolar haqida John Crichton-Stuart „Qal’aning sanʼatda oʻrnak boʻlishdan juda yiroq ekanligiga juda alamli“ deya aytgan[2]. 1865-yilda John Crichton-Stuart William Burges bilan uchrashib qoladi[2]. Bu loyiha Burgesning otasining muhandislik firmasi James Walker va Cuperning Cardiffdagi Sharqiy Bute tashkilotlarida ikkinchi Markes uchun ish olib borishi natijasida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin deya taxminlar mavjud[lower-alpha 1]. Bute va Burges 1881-yildan to Burgesning oʻlimiga qadar davom etgan meʼmorlar oʻrtasidagi hamkorlikni oʻrnatdilar va ular Cardiff qal’asini va Cardiff shimolidagi boshqa qal’a xarobalari, Castell Cochni oʻzgartirib qayta taʼmirladilar. Arxitektura ishlari haqida yozuvchi Michael Hall bu binolarni Burges qurgan inshootlarning eng yaxshisi[4], „gotika uslubida qurilgan uygʻonishi davrining eng ajoyib binolardan biri“ deb hisoblaydi[4].
Hayvonlar devori 1866-yilda William Burges tomonidan ishlab chiqilgan, ammo u 1881-yilda Burges vafotidan keyin 1890-yilga qadar qurib bitkazilgan. Burges dastlab qal’a oldidagi xandaqqa Pre-Rafaelit bogʻini qurishni rejalashtirgan va gulzorga aylantirilgan, qal’a devorlariga uzum toklari ekilgan holatdagi loyihani ishlab chiqqan[5]. Soat minorasining eng pastki ikki qavati bogʻbonga turar joy qilib berilishi va toʻgʻridan-toʻgʻri xandaqqa kirish imkonini berishi kerak edi[2]. Jozef Mordaunt Cruck, William Burgesdagi eng yirik qurilish loyihasi, qurib bitkazilganda, „Burgesning eng yaxshi qurilish inshootlaridan biri boʻlishi mumkin edi (va) oʻziga xos: shahar Rafaelitdan oldingi bogʻi boʻlar edi“ deya aytib oʻtgan[2]. Bogʻning koʻcha tomonidagi devor 1885-yilga kelib qurib bitkazildi, ammo hayvonlarning oʻymakorlik haykallari 1880-yillarning oxirigacha ham amalga oshirilmagan edi[lower-alpha 2][5]. Qal’a va Hayvonlar devorini qurish boʻyicha ishlar Burgesning yordamchisi William Frame tomonidan amalga oshirildi[lower-alpha 3][8]. Asl toʻqqizta hayvon qiyofasi Burgesning sevimli haykaltaroshi Thomas Nicholls tomonidan yaratilgan boʻlib, ular orasida sirtlon, boʻri, ikkita babuin maymunlar, tyulen, ayiq, silovsin va ikkita arslon haykallari mavjud boʻlgan[lower-alpha 4][10]
Devor taxminan Cardiff qal’asi tashqarisidan 50 metr (160 ft) uzoqlikda boʻlgan. 1922-yilda Duke koʻchasidagi qal’a oldidagi yoʻl va Qal’a koʻchasidagi (hozirgi A4161) kengaytirilganligi sababli Bute Park tashqarisidagi hozirgi joyiga koʻchirib oʻtkazilgan. 1931-yilda yana oltita haykal qoʻshildi; bular: saqoqush, chumolixoʻr, ikkita yenot, leopard[lower-alpha 5], qunduz va kalxat haykallaridir. Ular Alexander Carrick tomonidan yaratilgan[12]. 1930-yillarda Dorothy Howard Rowlands muallifligidagi multfilmda tasvirlangan mazkur hayvonlar sur`atlari South Wales Echo gazetasida chop etilgan. 1970-yillarda shahar kengashini loyihalovchilar Qal’a koʻchasini yanada kengaytirish uchun Hayvonlar devorini buzishni rejalashtirishgan, ammo keyinchalik bu loyihadan voz kechilgan[12].
Hayvonlar dastlab tabiiy ranglarda boʻyalgan, ammo bu boʻyoq tezda oʻz sifatini yoʻqotgan va keyinchalik hayvonlar ustki qoplamasidan olib tashlangan[lower-alpha 6][15][12]. Bute Parkni 5,6 million funt sterlingga qayta tiklash ishlarining bir qismi sifatida hayvon haykallarini qayta taʼmirlash 2010-yil iyul oyida boshlangan. Taʼmirlash jarayonida 90-yillarning oxiridan beri yoʻqolgan chumolixoʻrning burni, shuningdek, toʻqqizta asl hayvondagi yetishmayotgan shisha koʻzlar almashtirilgan[16]. Qayta taʼmirlash ishlari 2010-yil oktyabr oyida yakunlangan[17].