Masjid | |
Hadim Ibrohim posho masjidi | |
Mamlakat | Turkiya |
Istanbul | Silivrikapi mahallasi |
Koordinatalar | 41°00′21.6″N 28°55′21.7″E / 41.006000°N 28.922694°E |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Usmonli meʼmorchiligi |
Meʼmor | Xoʻja Sinon |
Binokorlik sanasi | 1551 yil |
Gumbaz yoʻgʻonligi | 12 m |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Hadim Ibrohim posho masjidi Vikiomborda |
Hadim Ibrohim posho masjidi (turkcha: Hadım İbrahim Paşa Camii) – XVI asrga oid Usmonli masjidi, Turkiyaning Istanbul shahridagi Silivrikapi mahallasida joylashgan.
Hadim Ibrohim posho masjidi Usmonli imperiyasi meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan bosniyalik vazir Hadim (Eunuch) Ibrohim posho uchun loyihalashtirilgan. Masjid 1551-yilda qurib bitkazilgan[1].
Masjid gumbazli kub shaklida qurilgan boʻlib, unga tutashtirib portiklar oʻrnatilgan. Asosiy gumbazning diametri 12 metr (39 fut) boʻlib, sakkizta ichki tayanchlar bilan, ayvonning beshta kichik gumbazlari esa marmar ustunli arklar bilan mustahkamlangan[1]. Uch qavatli derazalari mavjud. Ayvonning janubi-gʻarbiy tomonidagi tosh minora 1763–1764-yillarda qayta qurilgan. Masjid dizayni jihatidan Istanbulning Yenibahçe (talaffuzi: Yangiboxcha) tumanidagi 1504–1505-yillarda qurib bitkazilgan Bali Posho masjidiga oʻxshaydi[1].