Gmail (Google Mail dan, gmeyl yoki jmeyl deb oʻqiladi) — AQShningGoogle kompaniyasi tomonidan bepul elektron pochta xizmati. Elektron pochtani veb interfeysi va POP3S protokoli orqali tekshirishga imkon beradi.
Gmail 2004-yilning 1-aprelidan ishga tushdi. Boshida faqat AQShda yashovchilar hisob yaratish huquqi bor edi. Hozirda esa xohlagan foydalanuvchi hisob yaratishi mumkin.
2012-yilning oktabr oyida Gmail servislari Hotmail va Maykrasoftga tenglashdi[1].. Uning foydalanuvchilari 450 millionga yetdi.
Xususiyatlari
6 gigabaytdan ortiq hajmdagi xatlarni saqlash uchun disk fazosi (2008-yilning25-yanvariga maʼlumot). Bu ko`rsatgich har kuni avtomatik ravishda o`sib bormoqda. Shunga qaramay, bir xatning hajmi 20 megabaytdan ortmasligi kerak.
Avtosaqlanish. Xat yozilayotganda har daqiqada xatlarning nusxalari saqlanadi. Bu imkoniyat yozilgan xatingiz elektr tarmog`i bilan muammo bo`lgan taqdirda ham, yozayotgan xatingiz to`liq saqlanib qolishini taʼminlaydi.