Gardun (fors. — falak,osmon, aylana, taqdir), gardoniya — 1) Oʻn ikki maqom turkumida 6 ovozadan birining nomi. Shu boisdan ovozalarning tarkibiy qismi murakkabotlarga nisbatan Garduniyaiy Buslik, Garduniyaiy Nigor nomlari qoʻllanilgan; 2) Shashmaqom tarkibidagi doyra usuli va shu usul joʻrnavozligida ijro etiladigan takroriy (aylanma) kuylar. G.lar Irokdan boshqa barcha maqomlarning cholgʻu qismidan oʻrin olgan va har bir maqom nomi bilan birga atalgan: G.i Buzruk, G.i Rost va h.k. G.lar jozibali hamda yoqimli musiqa asarlaridir. Ularga xos koʻtarinki ruxdagi kuy tinglovchiga quvnoq, tantanavor kayfiyat bagʻishlaydi.

Adabiyotlar

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.