Ganimvd — 1) Yupitertt uchinchi tabiiy yoʻldoshi; diametri qariyb 5150 km; G. Galiley 1610 yilda kashf etgan. Sayyoradan uzoqligi 1,07 mln. km, uning atrofini 7,15 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Quyosh sistemasi yoʻddoshlaridan eng yirigi hisoblanadi. Yorugʻligi 5—6 yulduz kattaligida. "Pioner-10" kosm i k kemasida G. sirti tekshirilgan va sirti muz "sovut" bilan qoplanganligi, atmosfera borligi aniqdangan; 2) kichik sayyora; rakami (nomeri) 1036. Nemis astronomi V. Baade kashf etgan. Orbitasining ekssentriteti katta boʻlganligidan G. Mars orbitasining ichiga kiradi. Yerga 34 mln. km gacha yakinlashadi; 3) qad. yunon afsonalarida Zevs oʻgʻirlab ketgan va oʻzining kosaguli qilib olgan goʻzal yigitning nomi.

Adabiyotlar

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.