Galatasaroy
Galatasaray Sports Club Logo.png
Toʻliq nomi Galatasaray Spor Kulübü
Laqabi Turk Barselonasi, Sherlar, qizil-sariqlar, arslonlar
Asos solingan 1905-yil
Stadion Turk Telekom Arena
Stadion hajmi 55.147
Rahbari  TUR
Murabbiyi  TUR Fatih Terim
Musobaqasi
2023–24 1-oʻrin
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Galatasaroy (turk. Galatasaray Spor Kulübü) – Istanbuldagi turk professional futbol klubi, Galatasaray sport jamiyati tarkibiga kiradi va Turkiya chempionatida muntazam ishtirok etib keladi. 1905-yilda tashkil etilgan. Klub uy uchrashuvlarini 52 mingdan ortiq tomoshabinga moʻljallangan Türk Telekom Arena stadionida oʻtkazadi. Mamlakatning eng muvaffaqiyatli futbol klublaridan biri, 23 karra Turkiya chempioni, 18 karra Turkiya kubogi sohibi, 17 karra Turkiya Superkubogi sohibi, UEFA kubogi va UEFA Superkubogi sohibi.

„Galatasaroy“ turnir davomida biror marotaba magʻlubiyatga uchramasdan UEFA kubogi qoʻlga kiritgan ikki jamoadan biri, shuningdek, Chempionlar ligasi guruh bosqichida uchinchi oʻrinni egallab, turnirda gʻolib chiqqan birinchi jamoadir. 1999—2000–yilgi mavsumda UEFA kubogi finalida Londonning „Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida 4:1 hisobida magʻlub etgan „Galatasaroy“ tarixda yevrokuboklarni qoʻlga kiritgan ilk turk klubiga aylangan.

Klub Turkiya Superligasining amaldagi chempioni hisoblanadi[1][2][3].

Nom

[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Galatasaroy" nomi toʻgʻridan-toʻgʻri Galatasaroy litseyidan (dastlab „Galata saroyi imperator maktabi“ deb ataladi) kelib chiqqan. Tarixiy nuqtai nazardan ikkita soʻzdan iborat: Galata (Istanbulning tarixiy tumani) va „saroy“ (turkchadan „saroy“ deb tarjima qilinadi).

Tarix

[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Galatasaroy" klubining ilk surati, 1905-yil

Klub 1905-yilda Ali Sami Yen boshchiligidagi Galatasaroy oʻrta maktabining bir guruh talabalari tomonidan tashkil etilgan. Galatasaroy Turkiyaning eng qadimgi futbol klublaridan biri hisoblanadi.

Avvaliga Galatasaroy tashkilot sifatida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, chunki Turkiyada tartibga solinadigan sport qonunchiligi yoʻq edi. 1912-yildan boshlab, tegishli nizomlar qabul qilingandan soʻng, klub qonuniy asosda faoliyat koʻrsata boshladi. Galatasaroy 1905—1906-yilgi mavsumda Istanbul ligasiga qoʻshilgan va 1907—1908-yilgi mavsumda gʻolib chiqqan. 1952-yil klub professional klub maqomiga erishadi.

Eng katta muvaffaqiyatlar jamoaga 90-yillarning oxirida kelgan. 2000-yilda Fotih Terim boshchiligidagi „Galatasaroy“ finalda Londonning „ Arsenal“ jamoasini penaltilar seriyasida magʻlub etib, UEFA kubogini qoʻlga kiritdi, keyin esa UEFA Superkubogida „Real Madrid“ni magʻlub etgan. Shu tariqa klub Yevropa turnirlarida gʻolib chiqqan ilk turk jamoasiga aylanadi.

2013-yilning qishida klub Uesli Sneyder va Dide Drogba kabi yulfuzlarni oʻz safiga qoʻshib oladi[4]. 2012—2013 yilgi mavsumda „Galatasaroy“ Chempionlar ligasining chorak finali bosqichiga qadar yetib boradi[5].

2022-yil klub tarixidagi eng omadis yil boʻlib qoldi. Galatasaroy Turkiya Superligasida 13-oʻrinda mavsumni yakunlagan edi. Mavsum davomida 5 yillik ish faoliyatidan soʻng Fotix Terim istefoga chiqarildi va uning oʻrniga Domenek Torren yangi murabbiy etib tayinlandi.

Stadion

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Türk Telekom Arena

Galatasaroyning uy stadioni Turkiyaning Istanbul shahri Sisli tumanida joylashgan zamonaviy koʻp funksiyali Türk Telekom Arena hisoblanadi. Arena oʻz bagʻriga 52 650 kishini sigʻdira oladi. Qurilish qiymati 128 million yevroni tashkil etadi[6]. Türk Telekom Arena stadionining tantanali ochilish marosimi 2011-yilning 15-yanvarida „Galatasaroy“ va „Ayaks“ futbol klublari oʻrtasidagi oʻrtoqlik uchrashuvi bilan boʻlib oʻtdi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan edi[7].

„Galatasaroy“ning yangi arenadagi ilk rasmiy oʻyini „Sivasspor“ ga qarshi oʻyin boʻlib, mezbonlarning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan[8]. 2011-yil 18-mart kuni Fenerbahche klubiga qarshi oʻyinda stadiondagi desibellarda oʻlchangan shovqin jahon rekordini oʻrnatgan. Shovqin 131,76 dB ni tashkil etib, Ginnesning rekordlar kitobiga sport arenalaridagi eng baland shovqin sifatida kiritilgan.

Klub ranglari va formasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasmiy klub ranglari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rang[9] Panton CMYK Rang kodi
1235 C%0 M%30 Y%100 K%0 #FCB514 yoki #FFB517
201 C%0 M%100 Y%65 K%34 #A32638 yoki #B50043

Forma

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davr Ishlab chiqaruvchi Homiy
1977—1978 Mavjud emas Volvo/PeReJa
1978—1979 Mavjud emas
1979—1982 Telefunken
1982—1983 MEBan
1983—1985 Telefunken
1985—1986 Adidas Denizcilik Bankası
1986—1991 TürkBank
1991—1992 Umbro ADEC Saat / Show TV
1992—1995 Show TV
1995—1997 Adidas VakıfBank
1997—1998 Bank Ekspres
1998—2000 Marshall Boya
2000—2001 Telsim
2001—2002 Lotto Aria
2002—2004 Umbro
2004—2005 Avea
2005—2009 Adidas
2009—2011 Turk Telekom
2011—2014 Nike
2014—2015 Huawei
2016—2019 Turk Telekom
2019—2020 Terra Pizza
2020—2024 Sixt

Klub rekorchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻyinchi Oʻyinlar soni[10] Oʻyinchi Oʻyinlar soni
1 Turkiya Byulent Korkmas 588 11 Turkiya Inan Selchuk 331
2 Turkiya Hoqon Shukur 539 12 Turkiya Ayxan Akman 328
3 Turkiya Arif Erdem 485 13 Turkiya Hoqon Unsal 314
4 Turkiya Sabri Sario'g'lu 479 14 Turkiya Okan Buruk 306
5 Urugvay Fernando Muslera 460 15 Turkiya Ugur Tyutyuneker 260
6 Turkiya Ergyun Penbe 428 16 Turkiya Arda Turan 240
7 Turkiya Tugay Kerimo'glu 387 17 Turkiya Farid Mondragon 238
8 Turkiya Xasan Shash 354 18 Turkiya Umit Karan 238
9 Turkiya Kaya Suat 345 19 Turkiya Umit Davala 227
10 Turkiya Hoqon Bolta 334 20 Turkiya Kaya Semix 211

Toʻpurarlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻyinchi Gollar soni[11] Oʻyinlar soni
1 Turkiya Hoqon Shukur 288 539
2 Turkiya Erdem Arif 133 485
3 Turkiya Cholak Tanju 132 146
4 Turkiya Umit Karan 98 238
5 Turkiya Burak Yilmas 82 141
6 Ruminiya Georgi Haji 72 192
7 Turkiya Atesh Nejati 66 140
8 Turkiya Metin Oktay 61 73
9 Chexiya Milan Barosh 61 116
10 Turkiya Inan Selchuk 59 331

Murabbiylar natijalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Turkiya Superligasi chempionlari (21)
Mavsum Murabbiy
1961/62 Turkiya Qilich Gyunduz
1962/63 Turkiya Qilich Gyunduz
1968/69 Serbiya Toma Kaleperovich
1970/71 Angliya Berch Brayan
1971/72 Angliya Berch Brayan
1972/73 Angliya Berch Brayan
1986/87 Germaniya Yupp Derval
1987/88 Germaniya Yupp Derval
1992/93 Germaniya Karl Ferldkamp
1993/94 Germaniya Rayner Xolmann
1996/97 Turkiya Fotih Terim
1997/98 Turkiya Fotih Terim
1998/99 Turkiya Fotih Terim
1999/00 Turkiya Fotih Terim
2001/02 Ruminiya Mircha Luchesku
2005/06 Belgiya Erik Gerets
2007/08 Turkiya Jevat Gyuller
2011/12 Turkiya Fotih Terim
2012/13 Turkiya Fotih Terim
2014/15 Turkiya Xamza Xamzao'g'lu
2017/18 Turkiya Fotih Terim
2018/19 Turkiya Fotih Terim
2022/23 Turkiya Okan Buruk
Turkiya kubogi sohiblari (17)
Mavsum Murabbiy
1963 Turkiya Qilich Gyunduz
1964 Turkiya Qilich Gyunduz
1965 Turkiya Qilich Gyunduz
1966 Turkiya Qilich Gyunduz
1973 Angliya Berch Brayan
1976 Turkiya Fetxi Demirkan
1982 Angliya Berch Brayan
1985 Germaniya Yupp Derval
1991 Germaniya Xeld Zigfrid
1993 Germaniya Karl Feldkamp
1996 Shotlandiya СSunnes Grem
1999 Turkiya Fotix Terim
2000 Turkiya Fotix Terim
2005 Ruminiya Georgi Haji
2014 Italiya Roberto Manchini
2015 Turkiya Xamza Xamzao'g'lu
2016 Niderlandiya Yan Olde
2019 Turkiya Fotix Terim
UEFA kubogi chempioni(1)
Mavsum Murabbiy
2000 Turkiya Fotix Terim
UEFA Superkubogi sohiblari (1)
Mavsum Murabbiy
2000 Ruminiya Mircha Luchesku

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. TÜRKİYE'NİN EN BÜYÜĞÜ GALATASARAY, 24. KEZ ŞAMPİYON!. www.galatasaray.org (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  2. Trendyol Süper Lig'de 2023-2024 Sezonu Şampiyonu Galatasaray Oldu (tr). www.tff.org (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  3. Алексей Ерин. «Галатасарай» стал чемпионом Турции в 24-й раз в истории, обыграв «Коньяспор». «Чемпионат» (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
  4. „Didier Drogba Transferi Hakkında Açıklama“. 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  5. „Звёзды в тени, но «Галатасарай» в четвертьфинале“ (deadlink). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  6. Proekt Tyurk Telekom areni }(ingl.)
  7. Match otkritiya (turk.)
  8. Istoriya stadiona Ali Sami Yen (turk.)
  9. „GALATASARAY_MEDIAKIT“. 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-mart.
  10. „Галатасарай — Игроки-рекордсмены“ (ru). www.transfermarkt.world. 2023-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.
  11. „Галатасарай — Лучшие бомбардиры“ (ru). www.transfermarkt.world. 2023-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-avgust.