Turizmning shakllanish tarixi
Bugungi kunda zamonaviy turizm
asoschisi sifatida angliyalik Tomas Kuk
tan olingan. U birinchilardan bo'lib sayohat maqsadida ommaviy safar uyushtirishning mohiyati va foydaliligini anglab
yetdi hamda 1843-yilda u dastlabki temir
yo‘l orqali tumi muvaffaqiyatli tashkillashtirdi. 1851 -yilda u mamlakatning barcha hududlaridan kelgan 165 ming kishini
Parijdagi ko‘rgazmada ishtirok etishini
tashkil qildi. Ko‘rgazmaga qilingan sayohat katta foyda keltirganligi sababli,
Kuk angliyalik turistlaming 1865-yilda
Parijga Butunjahon ko‘rgazmasiga ommaviy ravishda tashrif
buyurishining tashkilotchisi bo‘ldi. 1856-yildan boshlab, Yevropa
bo‘ylab turlar odatiy holga aylandi, Kukning turistik agentligi va
uning filiallari tuzildi. Turistik kompaniyaning misli ko‘rilmagan
muvaffaqiyatga erishganligini Kuk turistlarga taklif etgan katalogdan 8 mingdan ortiq mehmonxonalaming o‘rin olganligi ham
tasdiqlaydi. Tomas Kuk 1872-yilda birinchi bo‘lib sanoat asosida
jahon bo‘ylab sayohat uyushtirishni taklif qilgan. Bugungi kunda
«Tomas Kuk» kompaniyasi butun dunyoda 12000 dan ortiq turistik [1]
agentliklarga ega bo‘lib, yiliga 20 milliondan ortiq turistga xizmat
ko‘rsatadi.
Salb yurishlari o‘rta asrlaming mashhur hodisalari sifatida
qayd etiladi. Hozirgi paytda ziyoratchilik diniy turizmning asosini