Farishta — iudaizm, xristianlik, islom va boshqa baʼzi dinlarda xudoning amrini bajaruvchi gʻayritabiiy mavjudot. Farishtalar son-sanoqsiz boʻlib, har biri maʼlum vazifani bajaradi. Masalan, islomda har bir odamning savob va gunoh ishlarini hisobga olib yuruvchi farishtalar, jannat va doʻzaxda darvozabonlik qiluvchi, odamlarni qabrda soʻroq qiluvchi (Munkar va Nakir), arshni koʻtarib turuvchi va boshqa xizmatlarni bajaruvchi farishtalar mavjud deb qaraladi. Bu farishtalardan 4 tasi: Azroil, Jabroil, Mikoil, Isrofil bosh Farishtalar deb hisoblaniladi.

Farishta arabcha (arab tilida: ملاك) Islomiyatda — aqlli va ozod mavjudot. Allohning hamma buyruqlarini soʻzsiz bajarishadi (aslida Allohni ularga extiyoji yoʻq, lekin ularni yaratib, oʻzlarini chegarasiz idroklari boʻyicha qoʻllanadi) Farishtalar inson koʻziga koʻrinmaydi, lekin oʻzi xohlaganda yoki Allohdan buyruq olganda koʻrinishi mumkin. Ular nurdan yaratilgan.

Farishtalarni taniqlilari

(surga puflaganda yer yuzidagi hamma mavjudot halok boʻladi, ikkinchi marta puflanganda barcha oʻliklar qayta tiriladi)

Shuningdek, insonning oʻng yelkasidagi insonni yaxshi ishlarini (savoblarini) yozadigan farishta va chap yelkada insonning yomon ishlarini (gunohlarni) yozib turuvchi farishtalar. Alloh ularning xizmatisiz insonning hamma ishlarini biladigan zotdir, lekin inson vafotidan keyin u yozuvlar xujjat tariqasida qoʻllaniladi. Hamda, insonni har xil yomonliklardan himoya qiladigan, ichki tuygʻu orqali baxtsiz xodisalardan xabar beradigan himoyachi farishta. U farishta, Allohning qudrati bilan yordam beradi va Alloh buyrugʻi bilan chekinadi, yaʼni insonni sinovdan yolgʻiz oʻzi oʻtishga majburiy boʻlganida yoki ajali yetganda (va x.k.z) u farishta himoyada qatnashmaydi.

Havolalar