Farhod Umarov | |
---|---|
![]() ![]() | |
Mansab davri 2020-yil 28-avgust – 2020-yil 7-noyabr | |
Oʻtmishdoshi | Karim Kamolov |
Vorisi | Botir Zaripov |
Taʼlim |
Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti |
Kasbi | moliyachi |
Farhod Baqoyevich Umarov (1977-yil) oʻzbek moliyachisi va davlat arbobi, 2020-yil 28-avgustdan 2020-yil 7-noyabrgacha Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
1977-yilda tug'ilgan. 1999-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini, 2007-yilda esa Toshkent moliya institutini tamomlagan. Oʻtgan yillar davomida Moliya vazirligining Buxoro viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi, Buxoro viloyati hokimligi moliya boʻlimiga rahbarlik qilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati[1]. 2017-yildan buyon viloyat hokimining moliya-iqtisodiy masalalar va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan[2]. 2020-yil 28-avgustdan 2020-yil 7-noyabrgacha Buxoro viloyati hokimi[3] vazifasini bajargan.