Elobod — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot tumanidagi shaharcha. Ustyurt platosi hududida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi (Qirqqiz). Nukus shahridan 177 km. Maydon;200 ga. Aholisi 2655 kishi (2005). E. 2005-yil 16-martda Oqshoʻlaq shaharchasi tarkibidan chiqarilib alohida shaharcha sifatida tashkil etilgan. Umumiy taʼlim maktabi, Qoʻngʻirot soda zavodi majmuasi, 2 savdo shoxobchasi, klub muassasasi, sport zali, kasalxona bor. Shaharcha hududidan Qoʻngʻirot — Beynov transport yoʻli oʻtgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Qoʻngʻirot tumani aholi punktlari | ||
---|---|---|
Markazi: Qoʻngʻirot | ||
Tuman markazi | ||
Shaharchalari | ||
Ovullari | ||
Mahallalari |