Diatermokoagulyasiya (dia... va yun. therme — issiklik, harorat va lot. coagulatio — ivish), elektro koagulyasiya — tirik organizm toʻqimalarini maxsus generatorlardan olinadigan yuqori chastotali oʻzgaruvchan tok bilan quydirish; toʻqimalarni 80° gacha qizdirib, osqillarni ivitishga asoslangan jarroxlik usuli. Qon ketishini toʻxtatishda, odatdagi usullar bilan olib tashlab boʻlmaydigan oʻsmalar (mas, teri, hiqildoq oʻsmalari), bachadon boʻynining eroziyalari, qovuq yarasi, teri leyshmaniozi, soʻgal, tish pulpasining yalligʻlanishi va b. kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Kuydiriladigan toʻqima yirik tomirlar va nervlar yonginasida boʻlsa, D.ni tatbiq etish yaramaydi.

Adabiyot

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.