Dias Nigʻmatovich Rahmatov | |
---|---|
Tavalludi | 27-fevral 1937-yil |
Vafoti |
18-avgust 2013-yil (76 yoshda) |
Kasbi | aktyor |
Faoliyat yillari | 1957-2013 |
Mukofotlari | Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2008) |
Dias Nigʻmatovich Rahmatov (1937 — 2013) oʻzbek artisti, teatr va kino aktyori boʻlgan. Dias Rahmatov 1937-yil 28-fevral kuni tugʻilgan. Ismi Ispaniya ozodlik harakati yoʻlboshchisi José Díaz sharafiga qoʻyilgan.[1]
1957-yil Hamza nomidagi akademik drama teatri (hozirgi Oʻzbek Milliy akademik drama teatri)da mehnat faoliyatini boshlagan, 1959-yil esa Toshkent teatr va rassomchilik institutini bitirgan.[2]
„Suyunchi“ (1982), „Kelinlar qoʻzgʻoloni“ (1984), „Armon“ (1986), „Maysaraning ishi“ (1988), „Abdullajon“ (1991), „Bomba“ (1993), „At-Termiziy“ (1998), „Fellini“ (1999), „Kichkina odamlar“ (2008) va qator boshqa filmlarda turli darajadagi rollarni ijro etgan.[3]
Dias Rahmatov, shuningdek, teatr va kino sohasidan tashqari, oʻzbek dublyajida ham samarali mehnat qilib, oʻnlab, yuzlab qahramonlarga ovoz bergan. Jumladan, Georgiy Vitsin oʻzbek kinoixlosmandlari orasida aynan Dias Rahmatov ovozi bilan mashhurlashgan.
Dias Rahmatov 2008-yili „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlangan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dias Rahmatov 2013-yili 76 yoshida vafot etdi.[4]