Chevrolet Orlando | |
---|---|
![]() Chevrolet Orlando | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Ishlab chiqaruvchi | Chevrolet |
Model yili | 2010 |
Avvalgi modeli | Chevrolet Rezzo , Chevrolet HHR (Kanada) |
Tasnifi | |
Sinfi | Kompaktven |
Komponovkasi |
Andoza:PP - kompanovka |
Platformasi | GM Delta II |
Kuch moslamalari | |
Dvigateli |
1796 sm³ l4 (141 o.k.) benzin 1998 sm³ l4 (163 o.k.) dizel |
Oʻlchamlari | |
Gʻildirak bazasi | 2760 mm |
Uzunligi | 4652 mm |
Kengligi | 1836 mm |
Balandligi | 1633 mm |
Vazni | 1528 kg |
Bak hajmi | 64 l |
Eksteryer | |
Kuzov turi | hetchbek |
Oʻrindiqlar soni | 7 ta |
Eshiklar soni | 5 ta |
Boshqa maʼlumotlar | |
Aloqador avtomobillar |
Suzuki Ertiga, Kia Carens, Ford C-Max, Volkswagen Touran Chevrolet Cruze Buick Verano Opel Meriva Opel Zafira Opel Ampera Chevrolet Volt Opel Astra J Cadillac ELR |
Chevrolet Orlando (koreyscha: 쉐보레 올란도) — General Motors kompaniyasi tomonidan Chevrolet markasi ostida, Chevrolet Cruze platformasida ishlab chiqariluvchi besh eshikli yetti oʻrindiqli oilaviy kompaktven[1]. Ilk bor 2008-yilning noyabr oyida Parij avtosalonida kontsept-kar koʻrinishida namoyish etildi. 2010-yilda seriyali ishlab chiqarila boshladi. Rossiyada esa Shushari (Sankt-Peterburg) posyolkasidagi avtozavodda ishlab chiqariladi.
Avtomobilning ichi oila uchun moʻljallangan boʻlib, barcha pozitsiyalarda uch qator oʻrindiqdan iborat. Uchinchi qator oʻrindiqlari joylashgan qismi salon balandligi boʻyicha shu klassdagi oʻzining raqobatchilarini nisbatan ustunlikka ega.[1]. Yukxona hajmi 958 litr (5 ta joy) yoki 1594 litr (2 ta joy) gacha oʻzgarishi mumkin[2].
Avtomobil uzatish qutisiga va salonni qoʻshimcha jihozlanishiga koʻra bir necha pozitsiyalari taqdim etilgan. 2013-yilgacha pozitsiyalar jadvali quyidagicha edi: Base, LS, LS+, LT. Barcha pozitsiyalariga 1,8 litr hajmli benzin dvigatellari oʻrnatilgan. 5 pogʻonali mexanik yoki 6 pogʻonali avtomatik uzatish qutisi bilan taʼminlangan. Har bir pozitsiya oʻzining boshqaruv tizimi, qulayligi va xavfsizligi bilan ajralib turadi. 2013-yildan boshlab model qatori LS, LT, LT+, LTZ ga oʻzgardi (siljidi). Lekin komplektatsiyalar oʻzgarishsiz qoldi. 2013-yilning martidan boshlab 2 litrli dizel dvigatellar modifikatsiyalari paydo boʻldi.