Buqalar | ||
---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||
|
Buqalar (Bos) — juft tuyoqli sut emizuvchilar urugʻi. Uzunligi 180—325 sm, dumi 70—140 sm, oʻrkachining balandligi 62—180 sm, ogʻirligi 325–1200 kg. Erkagi urgʻochisiga nisbatan ancha yirik. 5 turi maʼlum: banteng, gaur, kuprey, tur, yak. Tur 17-asrda Yevropada qirilib ketgan. Xoz. B. vakillari Yevropa, Shimoliy Afrika, Old, Oʻrta, Janubiy va Markaziy Osiyoda hamda Katta Zond orollarida tarqalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |