Bitik — 1) tor maʼnoda — yozuv, hujjat. B.lar turli hajmda boʻlgan. Ular qad. turk davriga (eng qad. davrdan 2-asrgacha) mansub boʻlib, turkiy tildagi yozma yodgorliklarni va boshqa tillardan qad. turkiy tilga qilingan tarjima asarlarni oʻz ichiga olgan. Eng katta B. Moyun 80 qatordan iborat. Turkiy B.lar UrxunYenisey, uygʻur, sugʻd, moniy, suryoniy yozuvlarida bitilgan. Ular kabr toshlariga, marmar tosh, oyna, teri va qoyalarga, sopol, yogʻoch, metall idishlarga yozilgan. Ungin (Ukraina) daryosi boʻyidan topilgan B. turkiy yozma adabiyotining eng kad. va mukammal namunasi hisoblanadi. B.larda tarixiylik, xalq ogʻzaki ijodi, miflar qorishiq tavsifda boʻlgan va ular yozma adabiyotning alohida turini yuzaga keltirgan; 2) keng maʼnoda — kitob. Maye, "Taʼbirnoma" ("Irq bitik")da kitob maʼnosi ifodalangan.

Adabiyotlar

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.