Baxtiyor Jumaboyevich Subanov
Субанов Бахтиёр Джумабаевич
O’zbekiston Rеspublikаsi Favqulodda vaziyatlar vaziri
Mansab davri
2003-yil 14-martdan – 2006-yil 12-dekabrgacha
Hukumat boshligʻi Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Botir Parpiyev
Vorisi Qobul Berdiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1956-yil (1956-08-01) (67 yosh)
Namangan
Mukofotlari 1-darajali Shon-sharaf ordeni2-darajali Shon-sharaf ordeni
Xizmat yillari 1973-2006
Unvoni General-mayor

Baxtiyor Subanov — oʻzbek davlat arbobi, 2002—2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

Biografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1955-yil 1-avgustda Namangan shahrida tugʻilgan.

1977-yilda Toshkent militsiya maktabini tugatgan.

1977-1981 — Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati epizootiya bilan kurashish, karantin tadbirlarini taʼminlash 3-sonli boʻlinmasi xodimi, keyinchalik komandiri.

1981-1994 — Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati inspektori, katta inspektori, boʻlinma boshligʻi, boshqarma boshligʻining oʻrinbosari.

1994-1997 — Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari.

1997-2002 — Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.

2002-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — jamoat xavfsizligi departamenti boshligʻi.

2003-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri.

2006-yildan nafaqada.

Mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda 2-darajali Shon-sharaf ordeni[1], 2001-yilda 1-darajali Shon-sharaf ordeni bilan mukofotlangan[2]

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг етти йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.
  2. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўн йиллиги муносабати билан ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари, Давлат чегараларини ҳимоя қилувчи қўмита, Мудофаа ва Фавқулодда вазиятлар вазирликлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.