Atirau qoz. Атырау | |
---|---|
shahar | |
47°7′0″N 51°53′0″E / 47.11667°N 51.88333°E G OKoordinatalari: 47°7′0″N 51°53′0″E / 47.11667°N 51.88333°E G O | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Atirau viloyati |
Hukumat | |
• Akim | Serik Shapkenov[1] |
Asos solingan | 1640 |
Avvalgi nomlari | Ustʼ-Yaitskiy shaharchasi, Nijniy Yaitskiy shaharchasi, Gurev |
Qachondan beri shahar | 1885 |
Markazi balandligi | 506 m |
Rasmiy til(lar)i | qozoqcha |
Aholisi (2013) |
217 312[2] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +7 7122[3] |
Pochta indeks(lar)i | 060001-060011[4] |
Avtomobil kodi | E, 06 |
|
Atirau — (qozoqcha: Атырау) Atirau viloyatining markazi, Qozogʻistonning gʻarbida, Yoyiq daryosining yoqasida joylashgan shahar. Temir yoʻl stansiyasi. Neftni qayta ishlash va kimyo sanoati rivojlangan. 1640-yil asos solingan va Rossiya hukumatining keyinroq Oʻrta Osiyoga bosqinchilik yurishlarida tayanch istehkomlaridan biri boʻlgan.
1640-yili Yaitskiy gorodok deb nomlangan shaharcha barpo etilgan. Yoyiqning yuqorida Verxniy Yaitskiy gorodok (hozirgi Oʻral shahri) degan shaharcha barpo etilgan, Nijniy Yaitskiy gorodok deb nomlangan, keyinchalik — Ust-Yaitskiy gorodok. Rossiya malikasi Ekatarina II Yoyiq daryosini Ural deb nomlanishiga farmon berganida, shaharning nomi Guryev gorodok, Guryev deb oʻzgartirilgan.
1920-yili maʼlum muddatga bolsheviklar Gurevni Chapaev deb qayta nomlagan.
1992-yildan buyon shahar nomi — Atirau[5].
Atirau degan soʻzi (qozoqcha: Атырау) qozoq tilidan tarjшmasi delta degan maʻnosini bildiradi.
Atirau va Astana shaharlarining oraliq masofasi — 1810 km.
Atirauni yoqiq daryosi ikkiga boʻladi: gʻarbi Samar va sharqi Buqar[6]. Rossiya chegarasining gʻarb tarafidan Volga daryosi oqadi. Geografik tomondan viloyatning shimoli-gʻarbiy tomoni Yevropada, barcha sharq tomoni esaOsiyoda joylashgan, asosan choʻlu-biyobonlardan iborat. Shaharning gʻarb tomoni Rossiyaning Astraxan viloyati bilan chegaradosh.
Aholisi 1897-yili 9,3 ming, 1923-yili 12,5 ming, 1939-yili 41,5 ming, 1997-yili 265 ming, 2006-yili 269 ming kishini tashkil qildi. 2012-yilda esa 206,656 kishi boʻlib qoldi, unga asosiy sabablardan biri koʻplab slovyan xalqlarining chet ellarga koʻchib ketishidir.
2007-yili 1-yanvarda shaharning aholisi 207,2 ming kishini tashkil qildi, shu jumladan:
Atirau viloyatida 84 millat vakillari istiqomat qilishadi.
2007-yil 1-yanvarda roʻyxatdan oʻtgan korxonalarning soni 5195 tani tashkil qildi, shularuning 4875 kichik, 275 oʻrta, 45 yirik. 2006-yil 3319,5 ming tonna neft mahsuloti qayta ishlandi, undan 493,7 ming tonna motorli oʻtin (benzin); 1122,2 ming tonna gazoyl; 1389,9 ming tonna mazut; 123,6 ming tonna neftli koks olindi. Elektr quvatini ishlash 1442,9 mln kVt/soat; issiqlik quvvati — 1624,4 ming kKal tashkil qildi.
Asosiy oziq ovqat mahsulotlaridan: 18 tonna sosiska; 5784 tonna quritilgan baliq; 323 tonna qayta ishlangan sut mahsulotlari; 7370 tonna yangi yopilgan non olindi.
Atirau shahrining iqtisodiy rivojiga „QazMunayGaz“, „Atirau munay ondeu zavodi“, „Qaztransoyl“, „Atiraubaliq“, „Zaman grupp“, MChB, „Atirau jariq“, „Obltransgaz“, „Atirausushar“, „Atirau su arnasi“, v.b. mahkamalar koʻp hissasini qoʻshmoqdalar.
Atirauda neft korxonasining rejalash instituti, neft va tabiiy tuzlar ilmiy instituti, universitet, drama teatri, filarmoniya, oʻrta maxsus oʻquv yurtlati, taʻlim beruvchi musiqa va sport maktablari, kutubxonalar, kinoteatrlar, madaniyat va hordiq parki, mehmonxonalar, bola bogʻchalar, tibbiy mahkamalar faoliyat yuritadi.
((citation))
: no-break space character in |title=
at position 14 (yordam)