Aseksuallik — jinsiy moyillikning pastligi yoki yoʻqligi. Aseksuallik shahvoniy istaklardan ongli ravishda tiyilish emas. Insoniyatning 1% qismiga aseksual taʼrifi beriladi.
Aseksualliklar antiseksuallar bilan koʻp oʻxshashlik tomoni boʻlsa-da, aseksuallar jinsiy aloqaga nisbatan ijobiy/salbiy munosabat bildirmaydilar. Aseksuallikning jinsiy orentratsiya deb hisoblash yoki yoʻqligi haqida hali ham bahs-munozaralar davom etmoqda.[1][2]
Aseksuallik haqida tadqiqotlar kam olib borilgan boʻlib, oʻtkizilgan soʻrovnomalar natijasida (Bogard, 2004) Buyuk Britaniya aholisining 1%i „hech qachon hech kimga nisbatan jinsiy moillikni his qilmaganligini“ aytishgan.[manba kerak]
Aseksuallik odatda, farzand koʻrish/koʻrmaslik istagi bilan bogʻliq emas. Farzand koʻrishni istagan aseksual vakillari jinsiy aloqada boʻlishi, sunʼiy urugʻlantirishi yoki farzand asrab olishi mumkin.
Baʼzi mamlakatlardan, xususan Braziliyada aseksuallik huquqlari qonun bilan himoyalangan.