Asl nomi | ruscha: Архитектурные памятники Зарафшанской долины |
---|---|
Muallif(lar) | Poʻlat Zohidov |
Muharrir(lar) | V. Medvedyeva |
Mamlakat |
SSRI OʻzSSR |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy nashr |
Nashr etilgan sanasi | 1985-yil |
Nashriyot | Oʻzbekiston |
Sahifalar soni | 64 |
Arxitekturniye pamyatniki Zarafshanskoy dolini (ruscha: Архитектурные памятники Зарафшанской долины) — Oʻzbekistonning Zarafshon vodiysidagi meʼmoriy yodgorliklar toʻgʻrisida qoʻllanma (broshyura). 1985-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan[1].
Ilmiy nashr muallifi — Poʻlat Zohidov. Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: V. Medvedyeva — muharrir, V. Tiy — rassom, A. Saibnazarov — rasmlari muharriri, T. Xaritonova — texnik muharrir, G. Volkova — musahhih. Kitob adadi — 2 000 nusxa[1].
Muallif kitobda, Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlaridagi oʻziga xos meʼmorlikni, turli xil davrlarni, xalq meʼmorlari sanʼatini aks ettiruvchi eng xarakterli yodgorliklarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola etadi[1]. Kitobda asosan davlat muhofazasida boʻlgan meʼmoriy yodgorliklar haqida maʼlumotlar keltirilgan boʻlib, unda shuningdek mashhur shaharlardan chekkada joylashgan, kam maʼlum boʻlgan bir-nechta yodgorliklar toʻgʻrisida ham soʻz boradi[1].
Kitob Markaziy Osiyoning meʼmoriy merosiga qiziquvchilar uchun, shuningdek keng kitobxonlar uchun moʻljallangan[1].