Anklav (lotincha: inclavatus – „yopiq“ va „clavis“ – „kalit“) – boshqa davlat hududdagi yer.
Anklav (frans. enclave, lot. inclavare – qulflab olish) – bir davlatning hamma tomondan boshqa davlat hududi bilan oʻrab olingan hududi yoki hududining bir qismi. Masalan, Lesoto davlati JAR hududidagi anklav hisoblanadi. Agar anklav dengizga tutash boʻlsa, u yarim anklav deb ataladi[1].
Fargʻona viloyatiga qarashli Soʻx, Choʻngʻara, Tayan Shohimardon, Qalacha va Jangail hududlari Oʻzbekiston eksklavlari boʻlib, Qirgʻiziston Respublikasi uchun anklav boʻlib hisoblanadi[2].
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |