Amet-Xon Sulton | ||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Tavalludi |
25-oktabr 1920 Alupka, Qrim | |||||||||||||||||||||
Vafoti |
1-fevral 1971 Jukovskiy, Moskva viloyati | |||||||||||||||||||||
Unvoni | Mayor | |||||||||||||||||||||
Jang/urush | Ikkinchi jahon urushi | |||||||||||||||||||||
Mukofotlari |
|
Amet-Xon Sulton (qrim tatarcha: Amet-Han Sultan; ruscha: Амет-Хан Султан) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, aviatsiyada eskadrilya qoʻmondoni. Ikki marta Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgan. 150 ta havo jangida qatnashgan, dushmanning 49 ta samolyotini urib tushirgan (30 tasi mustaqil ravishda, 19 tasini guruh aʼzosi oʻlaroq).[1]
Sultonning otasida lak qoni boʻlgani uchun 1944-yil qrim tatarlarining Oʻzbekistonga surgun qilinishidan saqlanib qolgan. Bunga qaramasdan, u pasportida millatini tatardan lakka oʻzgartirishdan bosh tortgan.[2][3]
Ikkinnchi jahon urushi oʻz yakuniga yetganidan keyin, Sulton Moskvada test uchuvchi sifatida faoliyat yuritgan. 1971-yil yangi dvigatel oʻrnatilgan Tupolev Tu-16 harbiy uchogʻiga sinovdan oʻtkazayotib halok boʻlgan. Umri davomida 96 xil samolyotni boshqarishni oʻzlashtirgan. Sobiq sovet mamlakatlarida Sulton sharafiga aeroportlar nomlangan, uning hayotiga bagʻishlangan muzeylar ochilgan. 2013-yil uning hayoti haqida „Haytarma“ filmi suratga olingan.[1][4]