Alyona Savchenko
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Олена Валентинівна Савченко
Toʻliq ismi Olena Valentinivna Savchenko
Ikkinchi ismi Alyona
Davlat Olmoniya bayrogʻi Germaniya
Oldin vakil boʻlgan Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavalludi 19-yanvar 1984-yil (1984-01-19) (40 yosh)
Obukhiv
Boʻyi 1.53 m
Oldingi sheriklari Bruno Massot (GER)
Robin Szolkowy (GER)
Stanislav Morozov (UKR)
Dmitri Boyenko (UKR)
Jamoasi EC Oberstdorf
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 82.98
Erkin dastur 162.86 WR

Alyona Savchenko[1][2] (ukraincha: Олена Валентинівна Савченко; 1984-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — Ukrainada tugʻilgan juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi.

Sobiq sherigi Robin Szolkowy bilan birga 2010 va 2014-yilgi Olimpiada bronza medali sovrindori, besh karra jahon chempioni (2008, 2009, 2011, 2012, 2014), toʻrt karra Yevropa chempioni (2007—2019), toʻrt karra Gran-pri finalining chempioni (2007, 2010, 2011, 2013) va sakkiz karra Germaniya chempioni (2004—2009, 2011, 2014) boʻlgan[3].

Faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Szkolkowy bilan Germaniya vakili sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003—2004 va 2004—2005-yilgi mavsumlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzlarining birinchi mavsumida Savchenko / Szolkowy juftligi Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan. Juftlik terma jamoa tarkibi sifatida 2004—2005-yilgi mavsum boshida debyut qilgan. Juftlik yana Germaniya milliy chempionligini qoʻlga kiritgan, 2005-yilgi Yevropa chempionatida toʻrtinchi va 2005-yilgi Jahon chempionatida oltinchi oʻrinni egallagan.

2005—2006-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savchenko / Szolkowy juftligi Skate Canada International musobaqasida ishtirok etgan, ikkala dasturda ham birinchi oʻrinni egallagab, oʻzlarining birinchi Gran-pri oltin medalini qoʻlga kiritgan va va Gran-pri finalidagi debyutida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Oʻzining uchinchi milliy chempionligini qoʻlga kiritgandan soʻng, Savchenko / Szolkowy juftligi Yevropa chempionatida ikkinchi marta kumush medalni qoʻlga kiritgan. Ular chempion Tatyana Totmianina / Maksim Marinind juftligidan 7,79 ochko ortda qolib ketgan.

2006—2007-yilgi mavsum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savchenko / Szolkowy juftligi 2006 Cup of China musobaqasida uchinchi oʻrinni egallagan va 2006-yilgi Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan hamda 2006—2007-yillarda Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan Gran-pri finaliga yoʻllanma olgan. Juftlik oltin medalni qoʻlga kiritgan Shen Xue / Chjao Xongbo juftligidan 22,52 ball ortda qolib, jami 180,67 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan. 2007-yil yanvar oyida juftlik Germaniya milliy chempionligini toʻrtinchi marta qoʻlga kiritgan.

Dasturlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Szolkowy bilan

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2013—2014

[4]

  • When Winter Comes
  • The Nutcracker
2012—2013

[5]
  • Flamenco Bolero
2011—2012

[6][7][8][9]
  • Pina

    Thomas Hanreich
2010—2011

[10][11][12]
2009—2010

[13][14][15]
  • Send In the Clowns
  • Out of Africa


  • You’ll Never Walk Alone

Szolkowy bilan Germaniya vakili sifatida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro [16]
Tadbir 2003—2004 2004—2005 2005—2006 2006—2007 2007—2008 2008—2009 2009—2010 2010—2011 2011—2012 2012—2013 2013—2014
Olimpiada 6 3 3
Jahon chemp 6 6 3 1 1 2 1 1 2 1
Yevropa chemp 4 2 1 1 1 2 1 WD 2 WD
GP finali 3 2 1 3 3 1 1 1
GP Bompard 1 3 1 WD
Chinsese Cup 3 1
Rossiya GP kubogi 3 1 2 1 1
GP NHK Trophy 2 1 3
GP Skate Canada 1 1 1 1
GP Skate America 1 1 1
Nebelhorn 3 1 1 1 1
Ondrej Nepela 1
NRW kubogi 1
Milliy[16]
Germaniya chemp. 1 1 1 1 1 1 1 1
WD = Musobaqani tark etgan

Manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Name on the official 2018 Olympics website“. 2018-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-fevral.
  2. „Using of Aljona instead of Aliona on International Skating Union“. International Skating Union. 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Mittan. „Savchenko, Szolkowy win convincingly in Canada“. Icenetwork.com (2009-yil 21-noyabr). 2009-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Aliona SAVCHENKO / Robin SZOLKOWY: 2013/2014“. International Skating Union. 2014-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Aliona SAVCHENKO / Robin SZOLKOWY: 2012/2013“. International Skating Union. 2013-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Flade, Tatjana. „Savchenko and Szolkowy push the limits“. Golden Skate (2011-yil 15-dekabr). 2012-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 16-dekabr.
  7. „Aliona SAVCHENKO / Robin SZOLKOWY: 2011/2012“. International Skating Union. 2012-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Jangbro, Eva Maria. „Art on Ice: A show that tickles the senses!“. Absolute Skating (2012-yil 13-fevral). 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-fevral.
  9. Jangbro, Eva Maria. „Art on Ice: A show that tickles the senses! Act 2“. Absolute Skating (2012-yil 13-fevral). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-fevral.
  10. Vernon, Nadin. „An interview with Ingo Steuer“. AbsoluteSkating.com (2010-yil 4-dekabr). 2012-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 4-dekabr.
  11. Russell, Susan D.. „Savchenko and Szolkowy Unfinished Business“. IFS Magazine (2011-yil 19-yanvar). 2012-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „Aliona SAVCHENKO / Robin SZOLKOWY: 2010/2011“. International Skating Union. 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Flade, Tatjana. „Aliona Savchenko and Robin Szolkowy: Back in business“. GoldenSkate.com (2009-yil 24-noyabr). 2011-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-sentyabr.
  14. „Aliona SAVCHENKO / Robin SZOLKOWY: 2009/2010“. International Skating Union. 2010-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan.
  15. „Aliona SAVCHENKO / Robin SZOLKOWY: 2009/2010“. International Skating Union. 2009-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  16. 16,0 16,1 „Competition Results: Aliona SAVCHENKO / Robin SZOLKOWY“. International Skating Union. 2014-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan.