Albom (frans. album) — 1) rasm chizish, dastxatlar yozdirish, markalar toʻplash, fotosuratlar qoʻyish uchun moʻljallab muqovalangan varaqlar majmui; 2) kitob shaklida nashr etilgan (koʻpincha izoh bilan) reproduksiyalar, fotosuratlar, talh (chizgi)lar va shu kabilar toʻplami.
Yana qarang: Muraqqa.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |