Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alberto Gilardino[1] | ||
Tavallud sanasi | 5-iyul 1982-yil | ||
Tavallud joyi | Biella, Italiya | ||
Boʻyi | 1.84 m[2] | ||
Ampluasi | futbolchi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Genoa (yoshlar murabbiyi) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Cossatese | |||
1996—1997 | Biellese | ||
1997—1999 | Piacenza | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1999—2000 | Piacenza | 17 | (3) |
2000—2002 | Hellas Verona | 39 | (5) |
2002—2005 | Parma | 96 | (50) |
2005—2008 | AC Milan | 94 | (36) |
2008—2012 | Fiorentina | 118 | (48) |
2012—2014 | Genoa | 50 | (19) |
2012—2013 | → Bologna (ijara) | 36 | (13) |
2014—2015 | Guangzhou Evergrande | 14 | (5) |
2015 | → Fiorentina (ijara) | 14 | (4) |
2015—2016 | Palermo | 33 | (10) |
Milliy terma jamoa | |||
1998 |
Italiyaning 15 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 10 | (1) |
1998 |
Italiyaning 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 2 | (0) |
1999—2000 |
Italiyaning 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 3 | (0) |
2000—2004 |
Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi | 24 | (15) |
2004 |
[[Italiya milliy futbol terma jamoasi]] | 6 | (4) |
2004—2013 | Italiya milliy futbol terma jamoasi | 57 | (19) |
Boshqargan klublari | |||
2019 | Rezzato | ||
2019—2020 | Pro Vercelli | ||
2020—2021 | Siena | ||
2021 | Siena | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Alberto Gilardino (talaffuzi: Alberto Gilardino) (1982-yil 5-iyulda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol menejeri va futbolchi. Alberto Gilardino faoliyati davomida hujumchi sifatida oʻynagan.
Hozirgi kunda Alberto Gilardino „Genoa Primavera“ (U-19 termasi) rahbari sifatida faoliyat yuritadi.
Sermahsul toʻpurar Alberto Gilardino oʻzining dastlabki faoliyati davomida oʻzining opportunizmi, pozitsiyalarni toʻgʻri tanlay olishi va gol urishga intilishi tufayli Filippo Inzaghi bilan taqqoslangan[3]. Alberto Gilardino ayni damda A Seriyada 100 ta gol urgan eng yosh oʻyinchilar roʻyxatida oʻninchi oʻrinni egallagan. Bunday rekord koʻrsatkichga Alberto Gilardino 26 yoshu 105 kunligida erishgan[4][5][6][7][8][9]. Alberto Gilardino A Seriyada 188 ta gol urgan holatda hozirgi kunda A Seriya tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar oʻntaligiga kiritilgan[10].
Alberto Gilardino butun faoliyati davomida Italiyaning bir qancha klublarida oʻynagan. Alberto Gilardino birinchi marta „Parma“ klubidagi faoliyati davomida oʻzining doimiy gollari bilan mashhur boʻldi. Bu esa Alberto Gilardinoga 2004-yilda A Seriyada yilning eng yaxshi yosh futbolchisi, soʻngra A Seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi va Italiya A seriyasida yilning eng yaxshi futbolchisi sovrinlarini qoʻlga kiritishga yordam berdi. Alberto Gilardino 2005-yilda „Milan“ klubiga oʻtdi. „Milan“ bilan Alberto Gilardino 2006—2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi, 2007-yilgi UEFA Superkubogi va 2007-yilgi klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi. Shuningdek, Alberto Gilardino Xitoyning „Guangzhou Evergrande“ klubida ham oʻynagan va u bilan 2014-yilda Xitoy Superligasida gʻolib chiqqan.
Alberto Gilardino turli yosh doiralaridagi Italiya term jamoalari safida faoliyat olib borgan. Gilardino 2004-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA chempionatida gʻolib chiqqan Italiya terma jamoasining bir qismi boʻlgan va u yerda Alberto Gilardino turnirning eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Alberto Gilardino shuningdek, turnirning eng yaxshi oʻyinchisi va UEFA turnir jamoasidagi eng yaxshi toʻpurarlardan biriga aylangan. Oʻsha yili Alberto Gilardino 2004-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Italiya terma jamoasi bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Alberto Gilardino 30 ta oʻyinda 19 gol urib Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasining eng yaxshi toʻpurariga aylangan. Alberto Gilardino 2006-yilgi FIFA Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan Italiya milliy futbol terma jamoasining aʼzosi boʻlgan. Shuningdek, Alberto Gilardino Italiya milliy futbol terma jamoasi bilan 2009-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogi, 2010-yilgi Jahon kubogi va 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogida qatnashgan va u yerda bronza medalini qoʻlga kiritgan. Alberto Gilardino faoliyati davomida 432 ta gol urgan[11].
2001-yil aprel oyida haydovchilik guvohnomasini olganidan koʻp oʻtmay, Alberto Gilardino ikki opa-singil Silvia va Cosetta Puppinatolarni Trevisodagi uyiga oʻzining Volkswagen Golf mashinasida olib ketayotganida mashina bilan kanalga tushib ketgan[12]. Mashina choʻkib ketgan va umurtqa pogʻonasidagi jarohatlarga qaramay, Alberto Gilardino eshikni ochib, opa-singillarni xavfsiz joyga tortib olishga muvaffaq boʻlgan[12].
Alberto Gilardino 2006-yil 31-martda Alice Bregoli bilan unashtirildi[13]. 2008-yil 2-martda ularning birinchi farzandi Ginevra ismli qizchasi dunyoga kelgan. Er-xotin 2009-yil 5-iyulda Genoa provinsiyasidagi Santa Margherita Ligure shahridagi La Cervara Abbeyda turmush qurishgan[14]. Ularning Gemma ismli (2011-yil 19-martda tugʻilgan) va Guilia ismli (2012-yil 4-sentyabrda tugʻilgan) qizchalari bor[15][16].
Klub | Mavsum | Liga | Kubuk | Mintaqa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Piacenza | 1999—2000 | A Seriya | 17 | 3 | 0 | 0 | - | - | 17 | 3 | ||
2000—2001 | A Seriya | 0 | 0 | 3 | 2 | - | - | 3 | 2 | |||
Umumiy | 17 | 3 | 3 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 20 | 5 | ||
Verona | 2000—2001 | A Seriya | 22 | 3 | - | - | 2 | 0 | 24 | 3 | ||
2001—2002 | A Seriya | 17 | 2 | 2 | 1 | - | - | 19 | 3 | |||
Umumiy | 39 | 5 | 2 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | 43 | 6 | ||
Parma | 2002—2003 | A Seriya | 24 | 4 | 2 | 1 | 2 | 0 | - | 28 | 5 | |
2003—2004 | A Seriya | 34 | 23 | 2 | 0 | 4 | 3 | - | 40 | 26 | ||
2004—2005 | A Seriya | 38 | 23 | 1 | 0 | 8 | 1 | 1 | 1 | 48 | 25 | |
Umumiy | 96 | 50 | 5 | 1 | 14 | 4 | 1 | 1 | 116 | 56 | ||
AC Milan | 2005—2006 | A Seriya | 34 | 17 | 3 | 2 | 10 | 0 | - | 47 | 19 | |
2006—2007 | A Seriya | 30 | 12 | 4 | 2 | 11 | 2 | - | 45 | 16 | ||
2007—2008 | A Seriya | 30 | 7 | 1 | 0 | 7 | 2 | 2 | 0 | 40 | 9 | |
Umumiy | 94 | 36 | 8 | 4 | 28 | 4 | 2 | 0 | 132 | 44 | ||
Fiorentina | 2008—2009 | A Seriya | 35 | 19 | 1 | 0 | 10 | 6 | - | 46 | 25 | |
2009—2010 | A Seriya | 36 | 15 | 3 | 0 | 9 | 4 | - | 48 | 19 | ||
2010—2011 | A Seriya | 35 | 12 | 1 | 0 | - | - | 36 | 12 | |||
2011—2012 | A Seriya | 12 | 2 | 1 | 1 | - | - | 13 | 3 | |||
Umumiy | 118 | 48 | 6 | 1 | 19 | 10 | 0 | 0 | 143 | 59 | ||
Genoa | 2011—2012 | A Seriya | 14 | 4 | - | - | - | 14 | 4 | |||
2012—2013 | A Seriya | 0 | 0 | 1 | 1 | - | - | 1 | 1 | |||
2013—2014 | A Seriya | 36 | 15 | 1 | 1 | - | - | 37 | 16 | |||
Umumiy | 50 | 19 | 2 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 52 | 21 | ||
Bologna (ijara) | 2012—2013 | A Seriya | 36 | 13 | 1 | 0 | - | - | 37 | 13 | ||
Guangzhou Evergrande | 2014 | Xitoy Superligasi | 14 | 5 | 1 | 1 | 2 | 0 | - | 17 | 6 | |
Fiorentina (ijara) | 2014—2015 | A Seriya | 14 | 4 | 0 | 0 | 0 | 0 | - | 14 | 4 | |
Palermo | 2015—2016 | A Seriya | 33 | 10 | 1 | 1 | - | - | 34 | 11 | ||
Empoli | 2016—2017 | A Seriya | 14 | 0 | 2 | 1 | - | - | 16 | 1 | ||
Pescara | 2016—2017 | A Seriya | 3 | 0 | - | - | - | 3 | 0 | |||
Spezia | 2017—2018 | B Seriya | 16 | 6 | 0 | 0 | - | - | 16 | 6 | ||
Umumiy | 544 | 199 | 31 | 14 | 63 | 18 | 5 | 1 | 643 | 232 |
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Italiya milliy futbol terma jamoasi | 2004-yil | 4 | 1 |
2005-yil | 8 | 4 | |
2006-yil | 11 | 4 | |
2007-yil | 2 | 0 | |
2008-yil | 5 | 1 | |
2009-yil | 9 | 6 | |
2010-yil | 6 | 1 | |
2011-yil | 2 | 0 | |
2012-yil | 0 | 0 | |
2013-yil | 10 | 2 | |
Jami | 57 | 19 |