Abdulrazzak Gurnah FRSL (1948-yil 20-dekabrda tugʻilgan — Tanzaniyada tavallud topgan britaniyalik yozuvchi va akademik. U Zanzibar sultonligida tugʻilgan va 1960-yillarda Zanzibar inqilobi paytida qochqin sifatida Buyuk Britaniyaga koʻchib oʻtgan[2]. Uning romanlari orasida Buker va Whitbread mukofotlari uchun qisqa roʻyxatga kiritilgan „Jannat“ (1994); „Tark“ (2005); hamda Buker mukofotining longlisti va Los-Anjeles Tayms kitob mukofotining qisqa roʻyxatiga kiritilgan "Dengiz boʻyida" (2001) kabi asarlari mashhur.
Gurnah 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan „madaniyatlar va qitʼalar o‘rtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ taqdirlangan[2][3][4]. U Kent universitetining ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professori[5].
Abdulrazzak Gurnah 1948-yil 20-dekabrda[6]. Zanzibar sultonligida tug‘ilgan[7]. U 18 yoshida Zanzibar inqilobi natijasida arab elitasi hukmronligi agʻdarilib, keyinchalik Tanzaniyaning bir qismiga aylangan orolni tark etib[2][4], 1968-yilda qochqin sifatida Angliyaga kelgan. U arab naslidan boʻlib[8], otasi va amakisi Yamandan koʻchib kelgan tadbirkorlar edi[9].
U dastlab Kenterberidagi Christ Church kollejida tahsil olgan, oʻsha paytda ushbu kollejning diplomlari London universiteti tomonidan taqdim etilardi[10]. Keyin u Kent universitetiga oʻtdi va 1982-yilda "Gʻarbiy Afrika fantastikasini tanqid qilish mezonlari"[11] nomli dissertatsiya bilan doktorlik unvonini qoʻlga kiritdi[7].
Gurnah 1980-yildan 1983-yilgacha Nigeriyadagi Kano Bayero universitetida maʼruzachi boʻlib ishladi. Keyin Kent universitetida ingliz va postkolonial adabiyot professori unvonini olgach, u yerda 2017-yilgacha, yaʼni nafaqaga chiqqunicha[4][12] dars berdi; yozuvchi ayni damda ushbu universitetda ingliz va postkolonial adabiyot boʻyicha faxriy professor hisoblanadi[13].
Gurnahning romanlari tanqidchilar tomonidan ijobiy qabul qilingan boʻlsa-da, ular tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlmagan va baʼzi hollarda Buyuk Britaniyadan tashqarida chop etilmagan[14]. U 2021-yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanganidan so‘ng, uning asarlariga talab ortishi natijasida nashriyotlar va kitob sotuvchilari raqobatga kirishishdi[14][15]. Nobel mukofoti eʼlon qilinganidan keyingina Gurnah amerikalik noshirlardan oʻzining „Afterlives“ romani uchun takliflar oldi; Riverhead Books ushbu asarni 2022-yil avgust oyida chop etishni rejalashtirmoqda. Riverhead, shuningdek, gurnahning ilgari bosmadan chiqqan ikkita asari "Dengiz boʻyida" („By the sea“) va „Tark“ („Desertion“) uchun nashr huquqlarni qoʻlga kiritdi[15].
Gurnahning 1994-yilda yozilgan „Jannat“ romani „Buker“, „Whitbread“ va „Yozuvchilar gildiyasi“ mukofotlari shortlistiga hamda Daniya tilidagi eng yaxshi tarjimasi uchun ALOA mukofotiga nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan[16]. Uning „Dengiz bo‘yida“ (2001) romani Bukerning longlistiga va Los-Anjeles Tayms kitob mukofoti uchun nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan[16], "Tark" (2005) esa 2006 yilgi Hamdo‘stlik yozuvchilari mukofoti uchun nomzodlar qatoridan joy olgan[16][17].
Gurnah 2006-yilda Qirollik adabiyot jamiyati aʼzosi etib saylandi[18]. 2007-yilda "Dengiz boʻyida" asari uchun Fransiyada RFI Témoin du Monde (Dunyo guvohi) mukofotini qoʻlga kiritdi[19].
2021-yil 7-oktyabrda „madaniyatlar va qitʼalar oʻrtasidagi jarlikda mustamlakachilik oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani uchun“ adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi[2][3][4]. Gurnah 1993-yilda mukofotni qo‘lga kiritgan Toni Morrisondan keyingi birinchi qora tanli[4][15] va 2007-yilda laureat boʻlgan Doris Lessingdan keyingi birinchi afrikalik yozuvchi hisoblanadi[12][20].
Gurnah Angliyaning Kenterberi shahrida[21] yashaydi, Britaniya fuqaroligiga ega[22]. U Tanzaniya bilan yaqin aloqada, u yerda oilasi borligini, imkon boʻlganda u yerga qaytishini nazarda tutuib aytadi: „Men u yerdanman. Qalban u yerda yashayman“[23].
↑„Professor Abdulrazak Gurnah“. University of Kent | School of English (2021-yil 7-oktyabr). 2021-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-oktyabr.
↑ 27,027,1Kohler, Sophy (4 May 2017). "'The spice of life': trade, storytelling and movement in Paradise and By the Sea by Abdulrazak Gurnah" (en). Social Dynamics43 (2): 274–285. doi:10.1080/02533952.2017.1364471. ISSN0253-3952.
↑Mars-Jones.„It was all going so well“ (en). The Observer (2005-yil 15-may). 2021-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-oktyabr.
↑Bosman, Sean James (3 July 2021). "'A Fiction to Mock the Cuckold': Reinvigorating the Cliché Figure of the Cuckold in Abdulrazak Gurnah's By the Sea (2001) and Gravel Heart (2017)" (en). Eastern African Literary and Cultural Studies7 (3): 176–188. doi:10.1080/23277408.2020.1849907. ISSN2327-7408.