Fitofaglar (fito... va phagos — yeb qoʻyuvchi) — faqat oʻsimliklar bilan oziqlanadigan organizmlar. F. oʻsimlikning turli qismlari — unayotgan urugʻlar, ildiz, barg, poya, shoxlar, gul organlari va boshqa bilan oziqlanadi. F. ning ozuqaga nisbatan ixtisoslashuvi turlicha. Haqiqiy F.ga koʻpgina hasharotlar mansub boʻlib, ular orasida poli va oligofaglar bilan bir qatorda monofaglar ham bor. Fitofagiya — ayniqsa, yuksak hasharotlar: moʻylovdor qoʻngʻizlar, bargxoʻrlar, uzuntumshuq qoʻngʻizlar, poʻstloqxoʻrlar oilasi, chigirtkasimonlar katta oilasi, toʻgʻriqanotlilar turkumi va boshqalarning vakillariga xos. Koʻpgina F. ekinlarga katta zarar yetkazadi.

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.